Yorqin Nazarov: "Lokomotiv" bilan durang - adolatli natija"
07 noy 2022 19:40
Yangiliklar
Yorqin Nazarov: "Lokomotiv" bilan durang - adolatli natija"
"So'g'diyona" - "Lokomotiv" (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o'z fikrlarini bildirdi.
"Zo'r, chiroyli o'yin bo'ldi. "Lokomotiv" jamoasi ham yosh futbolchilardan iborat. Bugungi "Surxon" - "Dinamo" (1:4) uchrashuvidan keyin ularda imkoniyat paydo bo'lgandi. SHu bois xuddi yaralangan sher kabi maydonda borlarini berishdi, menimcha 2:2 hisobidagi durang adolatli. Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi, ularda ham.
"So'g'diyona" jamoa yil davomida uchta frontda kurash olib bordi. OFK kubogi va O'zbekiston kubogida yarim finalga etib borishdi, chempionatda ham oxirigacha kurashishdi. SHu bois yigitlar charchab qolishgani sezildi. Qaytaraman, natija o'yinga mos bo'ldi", - dedi Yorqin Nazarov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar