So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  5 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  3 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  61 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Yorqin Nazarov: "Aleksandr Stoymirovich jamoa bilan birga emas" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Aleksandr Stoymirovich jamoa bilan birga emas"

Superliga 9-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Surxon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Ancha qiziqarli bahs guvohiga aylandik. Ikki jamoa ham yaxshi kurashdi. Birinchi taymda gol o'tkazib yubordik va shu sabab tanaffusdan so'ng ko'proq hujumga o'tishimiz kerak edi. Menimcha, biz raqibdan ko'ra ko'proq vaziyat yarata oldik. Uchrashuv durang bilan yakunlandi va bu adolatli natija bo'ldi deb o'ylayman.

- Ikkinchi bo'limda "Lokomotiv" jamoasining o'yini tubdan o'zgardi. Tanaffusda futbolchilarga nimalar dedingiz?

- Birinchi bo'limdagi xatolarimizni ko'rib chiqdik va ushbu xatolarni to'g'irlashimiz kerakligini aytdim. Tanaffusdan keyin ko'proq hujum qilishimiz kerakligini aytdim.

- "Surxon"da futbolchi va murabbiy bo'lib ham ishlagansiz. "Surxon" jamoasini yaxshi bilganingiz bugungi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishda qo'l keldimi?

- "Surxon" jamoasi uzoq vaqt faoliyat olib bordim. Hozirgi kunda "Surxon" safida to'p tepayotgan Asilbek Jumaev va bir nechta yosh futbolchilarni Termizdagi o'smirlar musobaqasida kashf etgan edik. Keyinchalik ularni yoshlar jamoasiga jalb etdik. O'zingiz ko'rib turibsiz, bugun Superligada "Surxon" sharafini himoya qilishmoqda. Surxondaryoda iqtidorli futbolchilar ko'p.

- "Lokomotiv" jamoasi o'tgan uchrashuvlarda jamoa ikkinchi bo'limni yomonroq o'tkazayotgan edi. Bugun esa jamoa butun o'yin davomida bir xil tempni ushlashga harakat qildi. O'tgan o'yinlarda bir bo'limdan so'ng temp tushib ketishiga nima sabab bo'lgan deb o'ylaysiz?

- Oldingi uchrashuvlarga biroz boshqacha tayyorgarlik ko'rayotgan edik. "Bunyodkor"dan keyingi uchrashuvdan so'ng bugungi o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun bor yo'g'i 4 kun vaqtimiz bor edi. O'yinga tayyorgarlik jarayoniga kichik o'zgartirish kiritdik. Balki shu sababdir. Mashg'ulotlarni o'zgartirdik. Bugun ikkinchi bo'limda namoyish etgan futbolimizni butun o'yin davomida ko'rsatishga harakat qilamiz. Hozirgi maqsadimiz shu.

- "Lokomotiv" jamoasining joriy mavsum bir taym yaxshi o'ynaydigan jamoa bo'lib qoldi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz? Ikkala bo'limni ham sifatli o'tkazishga nima etishmayapti?

- Mashg'ulot jarayonlariga o'zgartirish kiritib, ushbu muammoni to'g'irlashga harakat qilamiz. Birinchi bo'limda ham yomon o'ynamadik, ammo ikkinchi taymda o'yinimiz yaxshilandi. Bir xil darajada o'ynashga intilamiz.

- Jamoa hujumlarini yakunlaydigan futbolchi topilmayotgandek. Hujumchilar bugungi uchrashuvga qanchalik tayyor edilar?

- Biz murabbiylar shtabi bilan ushbu muammoni ko'rib chiqdik. Hujumchilar bilan alohida ishlab ko'rdik va natija sezildi. Ko'proq mehnat qilishimiz kerak. Rejamiz bo'yicha tayyorgarlik ko'rsak, gollar soni ko'payishi o'zini uzoq kuttirib qo'ymaydi.

- "Lokomotiv" jamoasi ketma-ket to'rt marotaba mag'lubiyatga uchradi. Ushbu omadsiz seriyadan so'ng jamoadagi ichki muhit qanday? Rahbariyat bilan gaplashib keyingi rejalarni aniqlab oldingizmi?

- "Bunyodkor"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng Aleksandr Stoymirovich jamoa bilan birga emas. Mashg'ulotlarda ham ishtirok etmayapti. Rahbariyat jamoani o'zim boshqarishim kerakligini aytdi. Hali boshqa mavzular bo'yicha gaplashmadik. Keyingi raqibimiz "Nasaf". Hozir faqat "Nasaf"ga qarshi kechadigan uchrashuv haqida o'ylamoqdamiz. Ichki muhit alo darajada. Faqatgina yomon natijalarni to'g'irlashimiz kerak. Jamoa muammo yo'q. Barcha o'z vazifasini yaxshi bajarmoqda.

- Demak Aleksandr Stoymirovich jamoadan rasman ketdimi?

- Ushbu savolga matbuot xizmatimiz javob bergani to'g'riroq bo'ladi.

- "Lokomotiv" jamoasi matbuot kotibi Xayrulla Xoliqovning javobi

- "Bunyodkor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng serbiyalik mutaxassis Aleksandr Stoymirovich klub rahbariyati qaroriga ko'ra rasman ishdan bo'shatildi. Klub rahbariyati ushbu yangilikni rasman elon qilmaslikni so'radi. Biz klub xodimlari sifatida ushbu topshiriqni bajardik. Aleksandr Stoymirovich jamoa bilan birga emas va "Lokomotiv" jamoasiga hech qanday aloqasi yo'q. Mavsum avvalida rasman bosh murabbiy deya elon qilingan Yorqin Nazarov jamoaning bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Etiboringiz uchun rahmat.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика