So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Yorn Andersen: "Gonkong, Yaponiya va O'zbekiston o'rtasidagi daraja katta tavofutga ega" Yangiliklar

Yorn Andersen: "Gonkong, Yaponiya va O'zbekiston o'rtasidagi daraja katta tavofutga ega"

Gonkong U-23 bosh murabbiyi Yorn Andersen Osiyo o'yinlari doirasida 3-o'rin uchun o'tkazilgan O'zbekistonga qarshi uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yigitlar qo'llaridan kelganini bajarishdi. Yarim final va uchinchi o'rin uchun bahs uchun o'tkazilgan o'yin shuni ko'rsatdiki, Gonkong, Yaponiya va O'zbekiston o'rtasidagi daraja katta tavofutga ega. Ikkala raqibga qarshi birinchi bo'limlarda deyarli tengma-teng harakat qildik. Kamchiliklarni tuzatish borasida harakat qilamiz.

Kuchli jamoalarga qarshi butun o'yin davomida tengma-teng harakat qilish qiyin, shogirdlarim 90 daqiqa davomida kuchini saqlay olmadi. Jamoa hali butun o'yin davomida tez va shiddatli o'yin o'tkazishga qodir emas.

Osiyoning etakchi jamoalari bilan raqobatlashish uchun Gonkong Superligasi yuqori intensivlikka ega bo'lishi, mahalliy futbolni rivojlantirish hamda futbolchilarga yaxshi maosh to'lash lozim.

Jamoani juda ko'p muxlis qo'llab-quvvatladi. Gonkong futbol associaciyasi ham har tomonlama ko'mak berdi. Mamlakatda futbol rivojlanmoqda.

Gonkong uchun to'rtinchi o'rin tarixiy natija sanaladi. Kuchli jamoalarga qarshi tavofut qisqardi. Kelgusida yuqori darajaga chiqish uchun astoydil harakat qilishimiz lozim. Bunga faqat mamlakat chempionati darajasini oshirish orqali erishish mumkin. So'nggi ikki o'yindagi mag'lubiyatga qaramay, shogirdlarimdan ko'nglim to'ldi", – dedi germaniyalik mutaxassis.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика