Yomon xabar. Otabek SHukurov kamida ikki oyga safdan chiqdi
25 mar 2019 15:22
Yangiliklar


Yomon xabar. Otabek SHukurov kamida ikki oyga safdan chiqdi
Xitoy - O'zbekiston uchrashuvida Otabek SHukurov jarohat olganidan xabaringiz bor.
"Otabek SHukurovning jarohati jiddiy. Terma jamoamiz shifokorlarining xabar qilishicha, SHukurov kamida ikki oyga safdan chiqdi", - dedi o'yindan keyingi matbuot anjumanida Ektor Kuper.
Eslatib o'tamiz, bahsning 38-daqiqasida xitoyliklar futbolchisi Vei SHixao yarim himoyachimiz Otabek SHukurovga ortidan zarba berdi. Futbolchimiz maydonni shifokorlar yordamida tark etdi va almashtirildi. Uning o'rniga Odil Ahmedov maydonga tushirildi.
Tvitterda ushbu jarohat borasida shunday fikrlar paydo bo'ldi.
Otashshi jarohati jiddiy bo'lmasin-da. Klubi uch kundan beri Kuperga yalinib turudi ertaroq qo'yvorila, muhim o'yinimiz bor edi deb.
— Boburisoniy (@Polimonolog) 25 marta 2019 g.
championat.asia sayti Otabek SHukurovga tezroq tuzalib safga qaytishini tilab qoladi.
O’xshash yangiliklar
20:20
Mirabror Usmonov Kubogi-2025. O'zbekiston U-23 - Saudiya Arabistoni U-23 (matnli translyaciya) 6

Fikrlar