So’nggi yangiliklar

00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  0 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  0 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  7 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  23 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5

Yilning eng chiroyli goli muallifi - Muzaffar Muzaffarov: “Menga ovoz berganlardan minnatdorman” Yangiliklar

Yilning eng chiroyli goli muallifi - Muzaffar Muzaffarov: “Menga ovoz berganlardan minnatdorman”

Malumki, kecha O'FA va PFLning ortda qolayotgan 2019 yil yakunlari bo'yicha bayram tadbiri o'tkazildi.

Unda “Metallurg” futbolchisi Muzaffar Muzaffarovning Superliga doirasida “Navbahor” darvozasiga jarimadan kiritgan goli “Yilning eng yaxshi goli” nominaciyasida eng ko'p ovoz to'pladi. SHu tariqa ushbu sovrin Muzaffarovga nasib etdi. Taqdirlash marosimidan so'ng Muzaffar saytimiz uchun qisqacha intervyu berdi.

- Avvalambor ushbu tadbirda ishtirok etganimdan xursandman. Buning uchun menga ovoz berib, har tomonlama qo'llab-quvvatlagan yaqinlarimga minnatdorchilik bildiraman. Albatta PFL matbuot xizmati tomonidan ijtimoy tarmoqlarda o'tkazilgan ovoz berish jarayoni meni befarq qoldirmadi va imkon qadar uni kuzatib borishga xarakat qildim. Yakunda eng ko'p ovoz to'plaganimdan mamnunman.



- “Navbahor”ga qarshi o'yinda kiritgan o'sha golim, uchrashuvda “Metallurg”ga g'alaba keltirgandi. Jarima zarbalarini amalga oshirish bo'yicha mashg'ulotlarda ham astoydil ishlayman. Bahs davomida uzoq masofalardan darvoza tomon zarba yo'llab, omadimni sinab ko'rishga intilaman. Nasib qilsa kelgusi mavsumlarda ham bundanda chiroyli gollarni urib, muxlislarga zavq bag'ishlashga bor kuchim bilan xarakat qilaman.

- Keyingi taqdirimni qaysi jamoa bilan bog'lashim hozircha aniq emas. To'g'risi, oldimda bir nechta takliflar turibdi. Ayrim klublar bilan muzokaradamiz. Lekin hozircha aniq qarorga kelib ulgurmadim. Sababi faoliyatimni xorijda davom ettirishim ham mumkin. Agentlar bu bo'yicha yaqin orada so'nggi gapni aytadi. SHunga qarab ish tutaman. Yashirmayman, menga hozirda OCHLda o'ynaydigan klublardan qiziqish bo'lmoqda. Agarda xorijga ketish varianti amalga oshmasa, balki o'zimni OCHLda ishtirok etuvchi klubda sinab ko'rarman. Menimcha bu masala ushbu xaftada aniq bo'ladi – deydi Muzaffarov.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика