So’nggi yangiliklar

21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  25 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  2 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  42 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  18 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1

“Yashnobod” yarim finalda “Sergeli” bilan o'ynaydi Yangiliklar

“Yashnobod” yarim finalda “Sergeli” bilan o'ynaydi

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizda futbol bo'yicha ikkinchi liga jamoalari o'rtasida “Mustaqillik kubogi - 2018” musobaqasi davom etmoqda. Unda guruh bosqichiga yakun yasaldi.

Musobaqaning “V” guruhida qatnashayotgan “Yashnobod” jamoasi azolari oxirgi turda o'z maydonida “Bunyodkor-B” futbolchilarini qabul qildi. Yashnobodliklarning to'liq ustunligida kechgan o'yinda navbatdagi yirik hisob qayd qilindi. “Obod” suniy qoplamali stadionida o'tgan uchrashuvda bunyodkorchilar o'z darvozalari to'ridan javobsiz uchta to'p olib chiqishdi.

Birinchi bo'limda mezbonlar vakili Azamat Boymatov “dubl”ga erishgan bo'lsa, tanaffusdan so'ng yosh va umidli hujumchi Mamurbek Nasriev o'z jamoasining yirik hisobdagi g'alabasini taminladi — 3:0.


HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:
“Mustaqillik kubogi — 2018” guruh bosqichi
“V” guruhi, 3-tur, 2018 yil 7 avgust
“Yashnobod” — “Bunyodkor-B” — 3:0 (2:0).
Hakamlar: 
Jasur Muxtorov, Avaz Abdullaev, Baxtiyor SHavkatov.
Nazoratchi: Sardor Najafaliev
“YASHNOBOD”: Boburjon Haydarov, Rasuljon Rahmonberdiev, Islom Ismoilov, Abbos Amonov, SHokir Beknazarov, Firdavs Kenjaev, Abbos Saidkarimov, Bahodir Daminov, Alisher Ziyovuddinov, Mirjalol Mirzaev, Azamat Boymatov (s).
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mamurbek Nasriev, Yusuf Aliev, Bekzod Ahmedov, Rasul SHuhratov, Aziz To'xtamatov, Tohir Isroilov, Ahror Azamatov, Soyibjon Safarov.
“BUNYODKOR-B”: Mahmud Odilxonov, Jasur Xoldorov, Zokir Hasanov, Otabek Yusupov, Qunduz Azamov, Sirojiddin Bashriddinov, Asad Qurbonov, Sardor Usmonov, sardor Etovqo'ziev, Jamshid Boyqobilov, Elxon Ahmedov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Islom Abdujabborov, Raul Akchurin, Javohir Rajabov, Doniyor Ergashev, SHoh Eshonaliev, Baxti Siddiqoxunov, Jamshid Baxshullaev.
Gollar: Azamat Boymatov (ikkita), Mamurbek Nasriev.


SHunday qilib, “Yashnobod” futbolchilari o'z guruhidagi barcha uch uchrashuvda g'alaba qozonib, 9 ochko jamg'ardi va “pley-off” bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Dastlabki turda yashnobodliklar 16-BO'SM jamoasini 5:0, keyingi o'yinda esa LSFni 2:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratgandi.
Guruhning uchinchi turdagi ikkinchi juftlik uchrashuvida LSF — 16-BO'SM jamoalari o'zaro ro'baro' kelishdi — 3:3.

Quraga ko'ra, musobaqaning to'rt guruhi g'oliblari yarim finalga yo'llanma oldi. 11 avgust kuni o'tkaziladigan uchrashuvda “Yashnobod” jamoasi “A” guruhi g'olibi “Sergeli” futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика