Yaqin soatlarda BAA terma jamoasining yangi bosh murabbiyi elon qilinishi kutilmoqda
17 apr 13:44
Yangiliklar
Yaqin soatlarda BAA terma jamoasining yangi bosh murabbiyi elon qilinishi kutilmoqda
Xabaringiz bor, JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi BAA - KXDR uchrashuvidan so'ng amirliklarning portugaliyalik ustozi Paulu Bentu istefoga chiqarilgan edi.
BAAning futbolga oid turli manbalarining yozishicha, yaqin soatlarda mamlakat futbol federaciyasi ruminiyalik mutaxassis Kosmin Olariuni terma jamoa ustozi sifatida elon qilishi kutilmoqda.
55 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Saudiya Arabistoni terma jamoasi, "Al Hilol", "Al Ain", "Shabab Al Ahli" jamoalarida faoliyat olib borgan. Ayni paytda esa "Sharja" jamoasini boshqarmoqda.
Jamoa jahon chempionati saralash bosqichi "A" guruhida BAA termasi 8 o'yindan so'ng 13 ochko jamg'argan holda 3-o'rinda bormoqda. Amirliklar navbatdagi uchrashuvni 5 iyun kuni o'z maydonida O'zbekistonga qarshi o'tkazadi, so'ngra Qirg'iz Respublikasiga safar uyushtiradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar