So’nggi yangiliklar

16:08Суперлига. "Навбаҳор" - "Бунёдкор". Таркиблар маълум  0 15:27Дарвозаларга 7 та гол урилган йилнинг энг яхши тўқнашуви "Андижон" - "Шўртан" учрашувидан галерея  3 15:05Суперлига. "Сурхон" 7 ўйиндан буён ғалаба қозона олмаяпти — Термиз клубида руҳий "инқироз"  1 14:44Про лига. "Локомотив" - "ФарДУ". Таркиблар маълум  1 14:35Роберто Манчини “Манчестер Юнайтед”ни бошқариши мумкин  2 14:10Гвардиола фаолиятида қачон танаффус қилишини айтди  0 13:42Япония ОФКни тарк этмоқчи  25 13:19Каннаваро ташриф буюрган оқшомда "Хоразм"нинг 8 ўйинлик ғалабасиз серияси тугаган учрашувдан галерея  0 13:04Рустам Абдуҳамидов: "Ғалаба Каннаварога боғлиқ бўлса, 23 октябрь куни ҳам уни ўйинга таклиф қиламан"  2 12:40"Андижон" собиқ футболчиси: "Жамоада ўзига бўлган ишонч ортиб боряпти"  1 12:09Тер Штеген АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  2 11:59Фабио Каннаваро Ғузор “Марказий” стадионида бўлди  4 11:16"Бунёдкор" 9 йилдан буён Наманганда ғалаба қозона олмаяпти  4 10:52Бенитес мураббийликка қайтишга яқин  0 10:28Янги қарор сабабли мухлислар ЖЧ вақтида АҚШ ҳудудига кира олмасликлари мумкин  5

Yaponiya OFKni tark etmoqchi Yangiliklar

Yaponiya OFKni tark etmoqchi

Teglar :  YaponiyaOFK
Yaponiya Osiyo Futbol Konfederaciyasi (OFK) tarkibidan chiqib, yangi Sharqiy Osiyo Federaciyasini tuzishi mumkin.

Ushbu qadam Yaponiya futbol associaciyasi (JFA)ning tashkilotdagi firibgarlik va korrupciyaga qarshi noroziligi ortib borayotgani bilan bog'liq.

Iroqning UTV nashri malumotiga ko'ra, JFA Saudiya Arabistonida o'tkazilgan Elit Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi atrofidagi bahsli qarorlardan so'ng OFKda "badavlat arab mamlakatlari tasiri" kuchayib borayotganidan g'azablanmoqda.

Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi "Shandun Tayshan" jamoasining musobaqani tark etishi oqibatida turnir jadvalidagi o'rnini yo'qotganidan keyin jiddiy zarar ko'rdi. Shunga qaramay, OFK Kobeni avvalgi voqea uchun 10 ming dollar miqdorida jarimaga tortdi. Bu qaror ikki yoqlama standart sifatida baholandi.

JFA Yaponiya klublari va futbolchilari, jumladan Takefusa Kubo kabi Evropada o'ynaydigan yulduzlar, adolatsiz taqvim va boshqaruv muammolaridan aziyat chekayotganini takidlamoqda.

Manbaning qo'shimcha qilishicha, agar Sharqiy Osiyo tashkiloti tuzilsa, Yaponiyaga boshqa davlatlar, jumladan, Iroq ham qo'shilishi mumkin. Bu harakat Osiyo futbolining hozirgi kuch tuzilmasini larzaga solishi mumkin.

Reyting: +29   

Fikrlar

+5   
18 okt 13:45:35
MENTAL!ST
To'g'ri qiladi. Aynan Saudiya Arabistoni va Qatar klublari qatnashgan joylarda pul bilan ko'p narsalarni eplab ketishyapti. Agar Yaponiya alohida tashkikot tuzsa, o'zbek klublari ham shu tomonga o'tishi kerak. O'sha tashkilotga koreyslar ham, forslar ham qo'shilsa kerak. Ammo, arablar bor joyda korruptsiya katta bo'lyapti.
+4   
18 okt 13:45:05
Рамз Хикматов
ОФК фақат арабларни қўллаб қувватлайди! Бунга оддий мисол Жаҳон чемпионати квалификация ўйинларини мезбонларга бергани.
+3   
18 okt 14:16:39
O A
Bu reja amalga oshishi qanchalik real bilmadimu, ln Yaponiya bu mish mishlardan ofk ni tiyib turuvchi richak sifatida foydalanishi mn. Aslida Yaponiya Uefaga o‘tsayam eplay oladi.

Ofk dan mtj miz aziyat chekkanini men 1 marta xis qilganman. Yani jch 2022 saralashida biz halol yo'l bn ishlab topgan 6 ochkoni kxdr sababli tortib olishganda.

London 2012 OL da saralashida , saralash tugashiga 2 tur qolganda Iroq va Baa o'rtasidagi o'yin natijasi bekor qilinib Baa 3:0 hisobidagi texnik g'alaba berilganda va natijada ham to‘plar nisbati ham ochkolar bo'yicha biz Toshkentda Baa ni yutmasak bo'lmaydigan holatga kelib qoldik. Va bu bosim bizga pand beruvdi.

Har 2 holatda ham jabrlanuvchi V . ABRAMOV EDI.

ASLIDA OFK DAN ENG KO‘P JABR KO‘RGAN ABRAMOV EKAN))))
AGAR OFKni super qarorlari bo'lmasa ABRAMOV JAMOALARI ALLAQACHON JCH VA OLIMPDA O‘YNAGAN BO‘LARDI.

ERONNI HAQIQIY GOL BN YUTGAN HAM BO‘LARDI BALKI.....
PISKA SUDYA 1M LIK GOLNI KO‘RGANDA.....
+3   
18 okt 14:15:25
uzb
ОФК охирги пайтларда футболни уйинчоқ қилиб юборди араб давлатларига хусусан Саудияга қатиқ ён босишлар кузатилмоқда,шунингдек осиё кубогида Қатарни суний осиё чемпиони қилиб қуйишганини хаммага билдириб қуйишди,агар янги ташкилот тузилса УЗБ хам гарчи масофа узоқроқ булсада уша ташкилотга қушилиш тарафдори ман
+3   
18 okt 14:04:45
Futbol Uchun
Зўр фикр агар шунақа бўлса биз ҳам қўшилишимиз керак.Араблар билан ўйинда ҳеч ким маза қилиб футбол кўришни кутмайди фақат ғиррромлик асаб бузарликдан бошқа нарса бўлмайди.Буларни шунақа қилиб жазолаш керак.Лекин бунга ФИФА рухсат бермаса керак уларга ҳам араблар таъсири кучли.
+3   
18 okt 14:03:33
UmiD Aliev
Men yangi tashkilot haqida fikr bildirgan edim lekin u tashkilotga homiy topish va rivoji uchun katta miqdorda pul talab qilinadi,shunga hozirda buni iloji yo'qga o'xshab ko'ringan edi.Endiyam Yaponya bu mintaqaviy tashkilotni ishga tushirsa adolat birinchi o'rinda bo'ladi va talabgor davlatlar albatta bo'ladi shu qatorsa bizning UFA ham qo'shilishni hohlagan bo'lar edim
+2   
18 okt 14:34:23
ishonch
Япония, иккита Кореа, Хитой, Индонезия, Малайзия, Ветнам, Хитой Тайпей, Тайланд, Австралия ва Ироқ қўшилса, ажойиб ташкилот тузилар экан.
+1   
18 okt 15:26:40
Tinchliksevar
ishonch foydalanuvchining fikriga javob berish
Япония, иккита Кореа, Хитой, Индонезия, Малайзия, Ветнам, Хитой Тайпей, Тайланд, Австралия ва Ироқ қўшилса, ажойиб ташкилот тузилар экан.
Unga biz ham qoʻshilishimiz kerak bozning ortimizdan albatta Turkman Tojik Qirgʻizlar ham ergashadi
+1   
18 okt 14:54:15
Abdulaziz Xamroyev
Qatar bn Saudiya Arabistoniga mezbonli berganidan bilsa boladi OFKda adolat yoʻqolib qoldi oxirgi yillada musobaqala yoki Qatar da ili Saudiya Arabistonida bovoti buni orqasidan Indoneziya Iroq va BAA qiynaldi oʻyinlarda judayam agar Mezbonli BAAga ili Indoneziyaga berganda jahon chempionatiga chiqardi bu jamoala
+1   
18 okt 14:01:04
Dilshod Bozorboyev
OFK ni oʻzini yoʻqotish kerak
   
18 okt 16:24:18
Azizbek Rustamovich
Shunda G‘arbiy ligada kimlar qoladi. Arablardan boshqa xech kim. Aslida Eron, Iroqni ham qo‘shmaslik kerak. Chunki ularda ham g‘irromlik kuchli
   
18 okt 16:23:23
Аваз Худойқулов
Ўзи Япония мунтазам осиё қитъасидан жч чиқиб келаётган жамоа, лекин бу Япония бошқа осиё жамоаларига нисбатан бўлаётган адолатсизликларга қарши курашмоқчи, яқиндагина Индонезия фф си қатар ва саудияга охирги саралаш босқичини мезбонлиги берилиши ўзининг қаршилигини баён қилган эди, вахоланки Японияга бу нарса уналик ҳам зарур эмасдек туюлади четдан қараганда
   
18 okt 16:22:15
Azizbek Rustamovich
uzb foydalanuvchining fikriga javob berish
ОФК охирги пайтларда футболни уйинчоқ қилиб юборди араб давлатларига хусусан Саудияга қатиқ ён босишлар кузатилмоқда,шунингдек осиё кубогида Қатарни суний осиё чемпиони қилиб қуйишганини хаммага билдириб қуйишди,агар янги ташкилот тузилса УЗБ хам гарчи масофа узоқроқ булсада уша ташкилотга қушилиш тарафдори ман
Masofa jihatdan faqat yutamiz. Shundog‘am Yaponiya, Ummon, Falastingacha boramiz. Agar Sharqiy ligada o‘ynasak faqat sharqqa uchamiz. Masofa ikki barobar qisqaradi
   
18 okt 16:18:26
Azizbek Rustamovich
Biz ham aynan Sharqiy liniyada bo‘lishimiz kerak. OFKdan xech qanday yorug‘lik yo‘q
   
18 okt 15:34:13
ZJI ACM
Нозим1983 foydalanuvchining fikriga javob berish
Марказий Осиё конфедерациясини очиш керак!
Borku unaqasi CAFA
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика