Superliga. "Nasaf" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni yirik hisobda mag'lub etdi
16 okt 21:25
Yangiliklar


Superliga. "Nasaf" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni yirik hisobda mag'lub etdi
Superliga
25-tur
"Nasaf" – "Qo'qon-1912" 3:0 (TUGADI)
16.10.2025
Bosh hakam: Temur To'xtasinov
Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov
Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Akmal G'iyosov
Komissar: Qudrat Madraimov
Gol: Dragan Cheran (penalti) 24, 1:0, Husayn Norchaev 68, 2:0, Sherzod Nasrullaev (Zafarmurod Abdirahmatov) 83, 3:0
"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 5. G'olib G'aybullaev, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 10. Dragan Cheran, 17. Suxrob Nurulloev (34. Sherzod Nasrullaev,63) 71. Javohir Ubaydullaev, 18. Husayn Norchaev, 19. Stefan Cholovich( 2. Alibek Davronov, 63), 24. Sardorbek Bahromov, 28. Shuxrat Muhammadiev, 77. Oybek Bozorov (7. Adenis Shala,90+2), 92. Umarbek Eshmurodov (22. Igor Golban, 87)
Zaxira: 1. Oleksandr Vorobey, 9. Javohir Sidiqov, 14. Sharof Muhitdinov, 20. Yusuf Otubanjo,
"Qo'qon-1912": 13. Azizxon Isaqov, 4. Asliddin Toshtemirov, 5. Jasurbek Yoqubov, 7. Shota Gvazava, 10. Shoxruh Gadoev ( 20. Iqboljon Malikjonov,75), 15. Zafar Hakimov (6. Alisher Salimov, 82), 17. Kleydi Daci ( 69. Egor Kondratyuk,65), 22. Muhammadanas Hasanov (9. Javohir Xusanov,65), 23. Abrorbek Karimov, 44. Andro Giorgadze, 78. Abdug'afur Haydarov ( 14. Jasur Xolto'raev,75)
Zaxira: 1. Rustam Nartajiev, 2. Mirziyod Odilov, 21. Muhriddin Pazildinov, 30. Ibrohimjon Muhtorov,
yangilash
Uchrashuv yakunlandi.
90+2. O'ZGARISH. "Nasaf", Oybek Bozorov o'rniga Adenis Shala tushdi.
90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
83. GOL. Zafarmurod Abdirahmatovning aniq uzatmasidan so'ng Sherzod Nasrullaev mehmonlar darvozasini aniq nishonga oldi.
82. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Zafar Hakimov o'rniga Alisher Salimov tushdi.
75. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Gadoev o'rniga Malikjonov, Haydarov o'rniga Xolto'raev tushdi.
70. ZARBA. Kondratyukning zarbasini Nematov qaytardi.
68. GOL. "Nasaf" tablodagi hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Husayn Norchaev ikkinchi gol muallifi.
65. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Dacki o'rniga Kondratyuk, Muhammadanas Hasanov o'rniga Javohir Husanov tushdi.
63. O'ZGARISH. "Nasaf", Stefan Cholovich o'rniga Alibek Davronov, Suhrob Nurulloev o'rniga Sherzod Nasrullaev tushdi.
53. Norchaevning zarbasi kuchsiz chiqdi. Bu Isaqovga muammo tug'dirmadi.
50. ZARBA. Cholovochining zarbasi xavfli chiqdi.
47. ZARBA. Shoxrux Gadoevning kuchli zarbasini Nematov qaytardi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. ZARBA. Dacida golli vaziyat yuzaga kelgandi. Gadoevning faolligidan so'ng u Nematov darvozasiga zarba yo'lladi.
35. ZARBA. Norchaev yorib kirib zarba yo'lladi. To'p darvozaga tashqi tomondan tegdi.
28. Goldan so'ng ham ustunlik "Nasaf"da saqlanib qolmoqda.
24. GOL. Dragan Cheran penaltini amalga oshirishda muammoga duch kelmadi, 1:0
22. PENALTI. "Qo'qon-1912" darvozasiga 11 metrlik nuqta belgilandi.
22. Hakam VAR monitori oldiga yo'l oldi. Mehmonlar darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. To'p "Qo'qon-1912" futbolchisining qo'liga tekkan.
18. ZARBA. Bu safar Abdirahmatovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Isaqov qaytardi.
15. "Qo'qon-1912" "Nasaf" darvozasi tomon qarshi hujum uyushtirdi. Daciga aniqlik etishmadi.
11. ZARBA. "Nasaf" yarim himoyachisi Sardor Bahromovning zarbasi kuchli va xavfli chiqdi.
5. Mezbonlar ilk daqiqalardan faolroq harakat qilmoqda.
- O'yin boshlandi.
- Jamoalar maydonga chiqib keldi.
- O'yin boshlanishiga barcha narsa tayyor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Якунловчи оқсоқланиш бор нуқта қуйиш йуқ