Superliga. "Bunyodkor" 9 yildan so'ng Namanganda "Navbahor"dan ustun keldi
18 okt 19:00
Yangiliklar


Superliga. "Bunyodkor" 9 yildan so'ng Namanganda "Navbahor"dan ustun keldi
Navbahor" – "Bunyodkor" 0:2 (TUGADI)
Gol: 7 - Imeda Ashortia, 21 - Imeda Ashortia
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Sherzod Azamov
Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
Nazoratchi: Oleg Dachev
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Dildora Rustamova
Komissar: Davron Ibrohimov
"Navbahor": 1. Umidjon Ergashev (16. Shukron Yo'ldoshev, 46), 7. Azimjon Ahmedov, 9. Zabihillo O'rinboev (22. Asadbek Jo'raboev,84), 12. Saidazamat Mirsaidov (36. Gilerme Gedesh, 46), 14. Jamshid Boltaboev, 17. Ruslanbek Jiyanov, 24. Dostonbek Abdulxaev (8. Shohmalik Komilov, 46), 29. Pedro Augusto ( 11. Muhammadali G'iyosov, 46), 32. Muhammadbobir Mo'ydinov, 70. Abbos G'ulomov, 99. Igor Gabriel
Zaxira: 6. Sherzod G'ulomjonov, 19. Mirzohid G'afurov, 55. Komiljon Tojiddinov, 71. Navro'zbek Iminjonov
"Bunyodkor": 22. Valijon Rahimov, 4. Najmiddin Normurodov, 9. Imeda Ashortia ( 5. Aleksandr Zevadinov,87), 10. Rasul Yuldashov (8. Martin Shroler,58), 11. Temurxo'ja Abduxoliqov (28. Matiya Krivokapich,58), 15. Marko Bugarin, 21. Nosirjon Abdusalomov (88. Mirkamol Annamatov,76) 23. Asadbek Rahimjonov, 25. Itsuki Urata, 33. Abdulazizxon Abdurashidov ( 6. Boburbek Yo'ldashov58), 66. Azizbek To'lqinbekov
Zaxira: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 17. Ollabergan Karimov, 18. Narimonjon Ahmadjonov, 77. Muzaffar Olimjonov,
Ogohlantirish: Abbosbek G'ulomov ("Navbahor") 11, Itsuki Urata ("Bunyodkor") 71
90+6. Uchrashuv yakunlandi.
90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
90. Gol bekor qilindi. Jo'raboev darvozabonning qo'lini bosib olgandi.
90. Valijon Rahimovga nisbatan qoida buzilgan bo'lishi mumkin. Norsafarov VAR monitori oldiga yo'l oldi.
88. GOOL. O'yinga intriga qaytdi. Shohmalik Komilovning zarbasini Rahimov qaytardi, qaytgan to'pdan so'ng Jo'raboev darvozani ishg'ol qildi.
87. "Bunyodkor" tarkibida Aleksandr Zevadinov Imeda Ashortia o'rniga maydonga tushdi.
84. "Navbahor" safida Zabihillo O'rinboev o'rniga Asadbek Jo'raboev tushdi.
80. "Navbahor"dan o'ylangan kombinaciya, O'rinboevning zarbasi xavfli chiqdi.
76. "Bunyodkor" safida Nosir Abdusalomov o'rniga Mirkamol Annamatov tushdi.
74. Zabihillo O'rinboev ikkinchi qavatda yutib chiqib zarba yo'lladi. Noaniq.
71. OGOHLANTIRISH. Itsuki Urata, "Bunyodkor"
61. Boltaboev maydon markazida juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va To'lqinbekov darvozabon bilan birga bir chiqdi va zarba yo'lladi. Shukron Yo'ldoshevdan seyv
58. Boburbek Yo'ldashov, Matiya Krivokapich, Martin Shroler maydonga tushdi. Ular Temurxo'ja Abduxoliqov, Rasul Yo'ldoshev va Abdulazizxon Abdurashidovni alishtirishdi
53. Muhammadali G'iyosovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi
52. Zabihillo O'rinboevning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi
46. Shukron Yo'ldoshev, Gilerme Gedesh, Shohmalik Komilov va Muhammadali G'iyosov maydonga tushdi, maydoni Saidazamat Mirsaidov, Dostonbek Abdulxaev, Pedro Augusto va Umidjon Ergashev tark etdi
Ikkinchi bo'lim boshlandi
Birinchi bo'lim yakunlandi
45+3. Igor Gabrielning zarbasi noaniq ketdi
45+1. Rahimjonovning uzatmasidan so'ng Temurxo'jada yaxshi imkoniyat bo'ldi. Biroq ushbu zarbaga aniqlik etishmadi
45. Hakam birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi
43. Temurxo'ja Abduxoliqovning zarbasini Ergashev qiyinchiliksiz ushlab oldi
39. Mezbonlarning hujumlari va sifati oshib bormoqda, hozircha mehmonlar yaxshi himoyalanishmoqda
33. Boltaboevning zarbasi noaniq ketdi
31. Mo'ydinovning qanotdan uzatgan to'pini G'ulomov zarba yo'lladi, biroq noaniq
28. RAHIMOOOOV. Jiyanovning 11 metrdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytarmoqda
27. Hakam VAR manitoriga bordi va mehmonlar darvozsaiga penalti belgilamoqda
25. Mehmonlar darvozasiga yana penalti belgilanishi mumkin. Norsafarov yana VARni tinglamoqda.
21. GOOOL. Ashortia dubl qayd etmoqda. Mehmonlar ikkinchi golni ham juda osonlik bilan urishmoqda
15. Itsuki Urataning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi
14. Hakam VARni tingladi va hech qanday penalti yo'q deb hisobladi
12. Jiyanov va Rahimov to'qnashib ketdi. Har ikki futbolchiga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda
11. Ogohlantirish: Abbosbek G'ulomov raqib maydonchasida yiqildi. Norsafarov mezbonlar futbolchisi simulaciya qildi deb hisoblab, sariq berdi
7. GOOOL. Mezbonlarning himoyasidagi pala-partishdan so'ng Ashortia hisobni ochdi
Uchrashuv boshlandi!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar