"Yangiyo'l" Birinchi ligadan chetlashtirildi
21 sen 2023 15:58
Yangiliklar
"Yangiyo'l" Birinchi ligadan chetlashtirildi
Toshkent viloyati futbol akademiyasi qoshida tashkil etilgan "Yangiyo'l" futbol jamoasi "Birinchi liga reglamenti"ning 9.8-bandi asosida Liga qatnashchilari safidan chiqarildi.
"Yangiyo'l" Birinchi liganing 14-turidan o'rin olgan "Nasaf-farm"ga qarshi uchrashuv uchun tashrif buyurmaganidan kelib chiqib, jamoaga 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat yozilgandi. 16-turga kelib akademiya jamoasi "Bunyodkor-farm" bilan o'yinda ishtirok etmadi va ikkinchi bor texnik mag'lubiyatga loyiq ko'rildi.
"Birinchi liga reglamenti"ning 9.10-bandiga ko'ra, musobaqadan chetlashtirilgan jamoa shu musobaqa doirasida qancha uchrashuv o'tkazganidan qati nazar uning barcha natijalari bekor qilinadi. Ogohlantirish va chetlashtirishlar esa o'z kuchida qoladi. SHundan kelib chiqib, Liga Birinchi liga turnir jadvalini qayta shakllantiradi", – deyiladi O'zPFL xabarida.
O’xshash yangiliklar
13:32
O'zbekiston – Misr uchrashuvi durang bilan yakun topsa, ekstra taymlarga murojaat qilinadimi? 1
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar