Yangibozorda davra suhbati
02 apr 2014 09:07
Yangiliklar
Yaqinda Xorazm viloyati hokimligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qarori hamda Vazirlar mahkamasining “O'zbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirishni davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarorini amalda bajarish bo'yicha Xorazm viloyati futbol federaciyasining yig'ilishi bo'lib o'tgandi.
Ayni damda, ushbu yig'ilishda qabul qilingan qarorlar asosida viloyat futbol federaciyasi tashabbusi bilan joylarda tegishli tadbirlar uyushtirilmoqda. Jumladan, Yangibozor tumanida tuman hokimi, tuman futbol federaciyasi prezidenti Ozodbek Madrahimov, viloyat futbol federaciyasi birinchi vice prezidenti Ravshan Otajonov va tumandagi 9-son futbol bo'yicha Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati direktori Hamrobek Bektemirovlar o'rtasida davra suhbati tashkil etildi.
Mubolag'a emas, keyingi yillarda Yangibozor tumani vohaning futboli rivojlangan hududlari sifatida etirof etilmoqda. Bu bor gap. O'z navbatida yangibozorlik futbolchilar viloyat miqyosida o'tkazilayotgan turli toifadagi birinchiliklarning peshqadamiga aylangan holda, bolalar va ayollar futbolida ham munosib iz qoldirishyapti. Binobarin, asosan 9-son futbol bo'yicha Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan “Yangibozor” jamoasi o'tgan yili viloyat kubogi sohibiga aylanishib, 2-ligada zafar quchishgani so'zimiz isboti sanaladi.
Umuman, davra suhbati mobaynida tuman jamoalari erishayotgan ushbu yutuqlarni yanada mustahkamlash, mahalliy yosh futbolchilarning mahoratlarini oshirish borasida o'zaro fikr-mulohazalar bildirildi.
Ikrom XUDOYBERGANOV.

Fikrlar