So’nggi yangiliklar

12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  0 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  0 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  7 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2

Yangi mavsum reglamenti: Hakamlik, nazoratchilar, PFL komissari va boshqa rasmiylar faoliyatiga o'zgartirishlar kiritildi Yangiliklar

Yangi mavsum reglamenti: Hakamlik, nazoratchilar, PFL komissari va boshqa rasmiylar faoliyatiga o'zgartirishlar kiritildi

Teglar :  PFLO'FF
Futbol bo'yicha musobaqalarning 2018 yilgi reglamentida hakamlik, uchrashuv nazoratchisi, PFL komissari hamda boshqa rasmiylarning faoliyati borasida o'zgartirishlar kiritildi.

Hakamlik ayni reglament asosida, “Futbol o'yini qoidalari” (2017-2018 yillar nashri), shuningdek FIFA tomonidan kiritilgan o'zgarish hamda to'ldirishlar bo'yicha amalga oshiriladi;

- Hakamlikka O'FF Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan, PFL bosh direktori bilan kelishilgan holatda O'FF hakamlik va nazoratchilik qo'mitasi tomonidan tavsiya etilgan hakamlargina qo'yiladi;

- Superliga, PRO-Liga, shuningdek ikkinchi liga ikkinchi bosqich o'yinlariga va O'zbekiston kubogi uchrashuvlariga hakamlarni tayinlash O'FF hakamlik va nazoratchilik boshqarmasi tayinlov bo'limi tomonidan amalga oshiriladi;

- Superliga asosiy tarkiblar o'yini bosh hakami o'yindan bir kun oldin, PRO-Liga va Superliga yoshlar tarkiblari o'yinlari bosh hakami esa o'yin boshlanishiga kamida 1,30 soat qolganidan o'yin nazoratchisi va ikkala jamoa vakillari bilan kelishgan holda jamoalarning liboslari rangini aniqlab olishi lozim. O'ynaydigan jamoalar libosi (futbolka va getrilari) bir-biridan rang jihatidan farq qilishi zarur. Agar ranglar o'xshash bo'lib qolsa, mezbon jamoa libosini o'zgartiradi. Agar hakamlar libosi rangi futbolchilarniki bilan o'xshash bo'lsa, hakamlar libosini o'zgartiradi. Agar hakamlar libosi rangi darvozabonlarniki bilan o'xshash bo'lsa, unda darvozabonlar libosini o'zgartiradi;

- O'yin boshlanishidan kamida 1 soat oldin bosh hakam (o'yin nazoratchisi bilan birgalikda) futbol maydonini ko'zdan kechirishi va 5 ballik tizimda uni baholashi, shuningdek o'yin qaydnomasiga bu haqda yozib qo'yishi lozim;

- Zaxira hakami o'yin qaydnomasiga ismi kiritilgan futbolchi hamda rasmiy shaxslarning hujjatlarini tekshirib chiqishi lozim. U har ikki jamoa rahbarlari bilan birgalikda sportchilarning o'yinga qo'yilishini nazorat qilishga masul;

- O'yin yakunlanganidan so'ng bosh hakam nazoratchi va PFL komissari bilan birgalikda 30 daqiqa ichida o'yin qaydnomasini to'ldirishi lozim.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика