So’nggi yangiliklar

18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  0 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  1 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  1 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  5 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  5 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  34 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  3 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3

Yangi klubga ko'chib o'tgan Odil Ahmedov bilan intervyu Yangiliklar

Yangi klubga ko'chib o'tgan Odil Ahmedov bilan intervyu

O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Xitoyning "Tyanczin Teda" klubiga ko'chib o'tganidan xabaringiz bor.

Biz hamyurtimiz bilan bog'lanib bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- Ochig'i, "SHanxay SIPG"dan ketishingiz kutilmagan holat bo'ldi. Asosiy tarkib futbolchisi edingiz. Nima Sizni klubdan ketishga majbur qildi?

- Futbolda har xil vaziyatlar, har xil syurprizlar bo'ladi. SHu bois hamma narsaga tayyor turishimiz kerak. CHindan ham "SHanxay SIPG"dan ketishim kutilmaganda sodir bo'ldi. Bu haqda ko'p to'xtalmoqchi emasman.

- Baribir aniq sababini aytmadingiz. Sizga arab klublaridan ham takliflar bor edi. Nima uchun aynan autsayder klubdan bo'lgan taklifni qabul qildingiz?

- To'g'ri, arab klublaridan takliflar bor edi. Ammo "SHanxay SIPG" bilan shartnomam borligi uchun ikkala klub kelishgan holda bu qarorga kelishdi. Hozirgi pandemiya davrida boshqa mamlakatga uchib borishning o'zi qiyin. SHu bois ham "Tyanczin Teda"ga o'tdim.

- SHartnoma qancha muddatga imzolangan?

- SHartnomada juda ham ko'p bandlar bor. SHu bois uning muddatini ayta olmayman.

- Bu jamoada uzoq qolib ketmaysiz degan umiddamiz... Rejalaringiz qanday?

- Yuqorida aytganimdek futbolda oldindan hech narsani reja qilib bo'lmaydi. CHunki siz reja qilganingiz bilan yoki klub, yoki o'zingiz xohlamay qolishingiz mumkin. SHu bois hozircha hech qanday reja yo'q. Ayni paytda "Tyanczin Teda"da o'ynab, vaziyatni o'nglashga harakat qilaman.

- SHanxay klubida o'tkazgan mavsumlaringiz haqida umumiy xulosalaringiz qanday?

- "SHanxay SIPG" safida 4 yil faoliyat olib bordim. Ajoyib mavsumlarni o'tkazdim, chiroyli shahar, ahil jamoa. Bu klub bilan Xitoy chempioni bo'ldim, kumush va bronza medallarni ham qo'lga kiritdim. Klubdan faqat yaxshi xotiralar qoldi. Barcha futbolchilar va murabbiylarga rahmat aytaman.

- SHu davr mobaynida SHanxayda bir necha murabbiy qo'l ostida o'ynadingiz. Aynan qaysi murabbiy davrida mazza qilib to'p tepdingiz?

- Bu klubga meni Andre Villash Boash taklif qilgandi. Aynan shu murabbiy qo'l ostida maza qilib futbol o'ynaganman. Villash Boash hozirga qadar birga ishlagan murabbiylarim ichida eng zo'ri.


Jasur Aslanov suhbatlashdi

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика