Yana boshlandi! Neymar PSJ mashg'ulotida bosh murabbiy bilan janjallashdi
22 okt 2017 15:28
Yangiliklar
Yana boshlandi! Neymar PSJ mashg'ulotida bosh murabbiy bilan janjallashdi
PSJ hujumchisi Neymar 20 oktyabr kuni bo'lib o'tgan mashg'ulotda jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri bilan janjallashib qoldi.
Malumotlarga ko'ra, murabbiy "Anderlext"ga qarshi CHempionlar ligasining 3-tur uchrashuvida maydonga tushgan futbolchilar uchun mashg'ulotni oldinroq yakunladi, bu esa braziliyalikka yoqmadi. Neymar maydonda qolishni istadi, ammo Emeri rad javobini berdi. Futbolchi kiyinish xonasiga yo'l oldi, biroq yo'l-yo'lakay g'azabda oldidagi to'pni tepdi va jahli chiqayotganini bildirdi.
Malum bo'lishicha, PSJ mashg'ulotida ishtirok etgan NBAning besh karra chempioni Kobi Brayant ushbu voqeaga guvoh bo'lgan.
Fikrlar