Neymarning otasi: "O'g'limni har kuni karnavalda deb o'ylashni bas qiling"
17 iyu 16:29
Yangiliklar
Neymarning otasi: "O'g'limni har kuni karnavalda deb o'ylashni bas qiling"
Braziliyaning "Santos" jamoasi hujumchisi Neymarning otasi futbolchining turmush tarzi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.
"U har kuni kechqurun karnavalga boradi, degan fikrdan voz kechish kerak. U maydonda professional. Stadiondan tashqaridagi barcha narsa uning shaxsiy hayoti hisoblanadi. U tatil yoki dam olish kunlarida ziyofatlarga boradi. U qizlar bilan uchrashgani uchun jarohatlanmagan. Nahotki, u poker o'ynagani uchun xochsimon bog'lamini uzib olgan deb o'ylasangiz? Bugun uning ahvoli yaxshi, ruhi tetiklashdi, jismoniy kuchi tiklandi. Hozircha unga tezlik etishmayapti, lekin asta-sekin suratni oshirish rejalashtirilgan".
Avvalroq "Santos" Neymar bilan shartnomani 2026 yilning qishigacha uzaytirishga tayyor ekanligi haqida malumotlar paydo bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar