Ana xolos! Neymar faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
13 iyu 16:04
Yangiliklar
Ana xolos! Neymar faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
Mashhur braziliyalik futbolchi, "Santos" azosi Neymar klubini o'zgartirib, Turkiyaga ko'chib o'tish ehtimoli bor.
"Fanatik" portaliga ko'ra, 33 yoshli vingerga Istanbulning "Fenerbaxche" klubi qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, Turkiya grandi Neymarga yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 1 yillik shartnoma taklif qilgan. Futbolchining "Santos" bilan amaldagi bitimidagi bandga alohida etibor qaratish lozim, unga ko'ra u Evropaning istalgan klubiga tekinga o'tish huquqiga ega.
Neymar joriy yil 14 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xorij jamoalarining faol qiziqishiga qaramay, "Santos" rahbariyati ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor va futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar