So’nggi yangiliklar

10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  0 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   1 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  2 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  6 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  8 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  6 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  20 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  2 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  6

Yamalning ish haqi oshiriladi. U "Barsa"da eng ko'p maosh oladigan futbolchilar uchligiga kiradi Yangiliklar

Yamalning ish haqi oshiriladi. U "Barsa"da eng ko'p maosh oladigan futbolchilar uchligiga kiradi

"Barselona"ning iqtidorli azosi Lamin Yamalning yangi maoshi hozirgisiga nisbatan sezilarli darajada oshadi.

"Cuatro" malumotlariga ko'ra, Lamin Yamal yangi bitim bo'yicha yiliga 8 mln evro oladi. U "Barsa"da de Yong va Levandovskidan keyin eng ko'p maosh oladigan futbolchilar uchligiga kiradi.

"Cadena Ser"ning xabar berishicha, Laminning agentlari u klubda eng yuqori maoshni olishi kerak deb hisoblaydi.

"Barselona" u loyihaning etakchilaridan biri ekanligi va maosh chegarasining yuqori qismida bo'lishi kerakligini tushunadi. Ammo klub uni rahbariyat shartnomalarini asossiz deb hisoblagan va qayta ko'rib chiqishga muhtoj bo'lgan Levandovski, de Yong va ter Shtegen bilan bir darajaga qo'ymoqchi emas. Ular Lamin Yamalni ushbu toifaga kiritish klubning maosh tuzilmasini butunlay emirilishiga olib kelishi mumkinligini tushunishadi.

COPE xabariga ko'ra, Lamin Yamalning vakillari muzokaralarda uning "Barselona" tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanishini talab qilmoqda.

17 yoshli Lamin Yamal joriy mavsum "Barselona" safida 54 o'yin o'tkazib, 18 ta gol urdi va 25 ta golga assistentlik qildi. U Kataloniya jamoasi bilan Ispaniya chempionati, Kubok va Superkubokda g'olib chiqdi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa vingeri Lamin Yamal bilan kelishuvni uzaytirish to'g'risidagi savolga javob bergan edi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика