Yamal: "Men zarba bermoqchi edim, lekin Rafinya buni golga aylantirdi"
12 mar 12:22
Yangiliklar
Yamal: "Men zarba bermoqchi edim, lekin Rafinya buni golga aylantirdi"
Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Lamin Yamal Evropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalida Lissabonning "Benfika" jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng OAV vakillari bilan suhbatlashdi.
"O'yinda jamoadoshlarim ishning katta qismini bajarishdi. Golli uzatmam? O'sha vaziyatda men darvozaga zarba bermoqchi edim, biroq Rafinya buni golga aylantirdi," - deya 17 yoshli ispaniyalikning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, javob bahsida "Barselona" 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Birinchi uchrashuvda ham kataloniyaliklarning qo'li baland kelgandi - 1:0. ECHL chorak finalida Xans-Diter Flik shogirdlari "Lill" - "Borussiya" juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar