So’nggi yangiliklar

12:21Ўзбекистон кубоги тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:56"Месси ПСЖда вазият расво бўлганини айтди". "Шарлотт" собиқ ўйинчиси Лионель билан суҳбат ҳақида  4 11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  7 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  3 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  5 07:42Футзал. Бугун финал!  4 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  18 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  1 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  41

Yakshanba kuni Toshkent "Yulduzlar Ligasi" start oladi Yangiliklar

Yakshanba kuni Toshkent "Yulduzlar Ligasi" start oladi

2018 yilga Toshkent shahar futbol federaciyasi keng ko'lamdagi ishlar bilan kirishdi.

11 martdan boshlab 10ta (!) yosh toifasida Toshkent shahar chempionati start olyapti. 2002 - 2005 yillarda tavallud topgan jamoalar - YULDUZLAR LIGASIda chempionlik uchun kurash olib boradilar. 2006-2008 yilda tavallud topgan futbolchilar - KELAJAK YULDUZLARI ligasida ishtirok etadilar. 2009-2010 yilda tavallud topgan yosh yulduzchalarimiz "Start" LIGASI musobaqasini festival ko'rinishida o'tkazadilar.

2018 yilgi shahar chempionati ikki bosqichda bo'lib o'tadi. Dastavval 6ta jamoa 2ta davradan iborat chempionlik poygasida kurashga kirashadi. Aprel oyidan boshlab 2017 yil yakunlariga ko'ra 7-12 o'rinni egallagan klublar, 1-ligadagi 20ta jamoa bilan qo'shilgan holda saralash o'yinlarini boshlashaydi. Saralash o'yinlarida yuqori 6ta o'rinni qo'lga kiritgan jamoa o'z-o'zidan 2018/19 mavsumiga yo'llanma oladi va YULDUZLAR LIGASIning sentyabrda boshlanadigan yangi mavsumida ishtirokni davom ettiradi.

Toshkent shahar chempionati qatnashchilarining barchasi maktab o'quvchilari ekanini inobatga olsak, mavsumlar kuz-bahor tizimiga o'tkazildi. SHu boisdan yoz faslida kichik musobaqalar bo'ladi, xolos. 2002-05 yillarda tavallud topgan jamoalarni yosh toifasiga qarab bir stadionga jamlashdan asosiy maqsad, shu yosh toifasidagi terma jamoa bosh murabbiylarining selekciya ishlariga yaqindan yordam berish.

Bolalar futbolida ilk marotaba QANOT HAKAMLARI ham musobaqalarda ish boshlaydi. Hozircha faqat 2002 yilda tavallud topgan jamoalarga bu xizmat turi taqdim etiladi. Toshkentda hakamlar faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish orqali, 2018/19 yilgi mavsumda 2003 yilda tavallud topgan futbolchilar ishtirokidagi musobaqada ham laynsmenlar ishlaydilar.

2002 va 2003 yilda tavallud topgan jamoalar ishtirokidagi o'yinlarning barchasi videoga olinadi va murabbiylarga taqdim etiladi. 15 va 16 yoshli futbolchilar allaqachon nazariy mashqlarni o'zlari ishtirok etgan o'yinlar orqali o'tkazishlari kerak. Qolaversa, bu raqib o'yinlarini hozirdan o'rganish imkoniyatini beradi. Ilk marotaba Toshkent shahar futbol federaciyasi barcha yosh toifasidagi musobaqalarga malakali shifokorlarni yuboradi.

O'zbekiston olimpiya qo'mitasi, Sport vazirligi va Toshkent shahar futbol federaciyasi bilan hamkorlikda BO'SM tarbiyalanuvchilari uchun maxsus bepul musobaqa tashkil qilinadi. Ayni paytda poytaxtda 19ta BO'SM bo'lib, shulardan 12tasida futbol to'garaklari bor. Sentyabr oyiga kelib barcha BO'SMlarda futbol to'garaklarini ochish borasida dastur elon qilinadi.

Toshkent shahar chempionatining O'FA tomonidan ko'rsatilgan yosh toifalari, 2001-2005 bo'yicha BO'SM chempionatlari aprel oyidan start oladi. Toshkent shahar FF tomonidan yo'lga qo'yiladigan qo'shimcha musobaqalar, "Start" Ligasi va "Kelajak Yulduzlari" (2008-2009) ochiq musobaqa bo'lib, unda poytaxtdagi barcha futbol to'garaklari ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.

- "Oktyabr oyidan loyihalashtirgan musobaqalarimiz boshlanishiga oz qoldi. Avval 7-16 yoshli musobaqalarni ushbu yakshanba kuni boshlab olamiz. SHundan keyin aprel oyi boshiga qadar U-18 va saralash o'yinlari start oladi. Aprel oyining birinchi haftasida 2-liga musobaqasi ham start oladi".

- "Yaqinda bilib-bilmas qattiq tuxmat qilishdi. Avval poytaxt federaciyasida nima bo'layotgani bilan yaqindan tanishish kerak edi. 6 oylik mehnatga putur etishiga oz qoldi. Ayrim murabbiylar bor, shaharni bahona qilib ota-onalardan pul yig'adilar. BO'SM murabbiylari davlatdan pul olishlariga qaramay, bepul bo'lishi lozim bo'lgan to'garaklar uchun pul yig'ishadi. Bunday murabbiylarga qarshi ish olib boramiz. Poytaxtda futbolchi yoshini kichraytirish bilan shug'ullangan murabbiy oldingi xizmatlariga qaramay jiddiy jazoga tortiladi. Bu ishlarning barini O'FA bilan hamkorlikda olib boramiz. SHuning uchun 2018 yilda bizni qiyin mavsum kutib turibdi. Biz tizimni to'g'rilash bilan bir qatorda murabbiylar saviyasini oshirish, hakamlar tayyorlash, futbolchilarni Evropa klublariga tavsiya qilishdek og'ir ishlar oldida turibmiz", - deydi TFF vice-prezidenti Nodirxo'ja Yuldashev.

"Yulduzlar Ligasi"ning 1-tur taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan.

2002 yil. "Bunyodkor" stadioni
1-tur. 11 mart
ROZSK - "Bunyodkor-B". 13:30
BO'FM - "Paxtakor". 15:00
"Lokomotiv" - "Bunyodkor". 16:30

2003 yil. "Bunyodkor" stadioni
1-tur. 11 mart
"Paxtakor" - "Bunyodkor-B". 09:00
"Spartak" - "Paxtakor-2". 10:30
"Bunyodkor" - ROZSK. 12:00

2004 yil. Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji
1-tur. 11 mart
"Spartak" - ROZSK. 10:00
BO'SM-16 - "Paxtakor". 11:30
"Bunyodkor" - "Lokomotiv". 13:00

2005 yil. Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji
1-tur. 11 mart
"Bunyodkor" - BO'FM. 10:00
"Paxtakor" - "Spartak". 11:30
"Lokomotiv" - BO'SM-16. 13:00

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика