So’nggi yangiliklar

22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  56 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  10 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  3 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  8 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  7

XXI asrning eng asosiy janjallari Yangiliklar

XXI asrning eng asosiy janjallari

"FourFourTwo" jurnali 2000-2019 yillar davomida zamonaviy futbolda bo'lib o'tgan eng yaxshi janjallar reytingini tuzib chiqdi.

44-o'ringa "Manchester Siti"ning UEFA bilan bo'lgan yaqindagina janjalchasi joylashtirildi. O'shanda klub 2 yilga futboldan chetlatilgandi. Ha, hozircha klub Evropaning eng katta organlariga appelyaciya bermadi.

35-o'rinda "Manchester Yunayted"dagi Joze Mourinyu va Pol Pogba munozarasi qayd etildi.

33-pog'ona. PSJ hujumchilari Neymar va Edinson Kavani o'rtasidagi kurash. Yodingizda bo'lsa, tomonlar penalti tepish borasida janjallashib qolishgandi. Yaqin vaqtlar ichida kurash urugvaylikning zarariga yakunlanadi. Ushbu mavsumdan keyin u jamoani tark etadi.

30-o'rinda uelslik Garet Beyl va "Real" o'rtasida o'tgan "qora mushuk". "Galaktikos" katta summaga sotib olingan futbolchi klub uchun jonini ham berishga tayyor. Ammo "Santyago Bernabeu"dagilar uni qadrlashmayapti.

22-pog'ona. Umuman olganda terma jamoada elkama-elka o'ynaydigan futbolchilarning janjalini ko'rish juda og'ir bo'ladi. Ammo Serxio Ramos va Jerar Pike o'rtasida bo'layotgan gaplar odamni boshqacha qilib qo'yadi.

19-o'rinda Jon Terri va Ueyn Brij o'rtasidagi janjal. O'shanda Jon o'z rafiqasidan voz kechib, Brijning rafiqasiga ko'z tikkandi. Ushbu futbolchilar hattoki qo'l tashlashib, so'rashmasdi ham.

14-qatorda Zlatan Ibragimovich va Pep Gvardiola o'rtasidagi janjal. Biz bu haqida kichik maqolacha ham yozib o'tganmiz.

"Mana shu kalbosh - mening dushmanim". Gvardioladan nafratlanadigan top-5 futbolchi 

Kuchli o'nlikni Karim Benzema va Dide Deshamning Franciya termasidagi janjallari ochib bersa, bir pog'ona yuqorida Arsen Venger va Joze Mourinyu o'rtasidagi munosabatlar joylashtirilgan.

Kuchli uchlik esa faqatgina futbolga aloqador. O'z rafiqasini Vanda Naraga almashtirgan Mauro Ikardi va Naraning oldingi eri Maksi Lopes o'rtasidagi ziddiyatlar.

2-o'rinda 2006 yilgi "kalla qo'yish" - Zidan-Materacci voqeasi.

Futbol tarixidagi eng uzoq va davomli qarama-qarshilik "Manchester Yunayted" va "Arsenal"ning sobiq menejerlari Ser Aleks Fergyuson va Arsen Venger o'rtasida bo'lgan. Ular o'rtasidagi kurash nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham davom etaverardi.

Ammo "FourFourTwo"da Mourinyu-Gvardiola o'rtasidagi kurashni topa olmadik)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика