So’nggi yangiliklar

15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  0 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  4 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  3 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  4 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  1 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  11 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  15 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  3 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  20 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  2 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  3

XX asr rekordlarini yangilayotgan A Seriya goleadori Yangiliklar

XX asr rekordlarini yangilayotgan A Seriya goleadori

Immobilening hisobida hozircha 180ta gol bor.

"Lacio" uyda "Torino"ga mag'lub bo'layotgandi: 90-daqiqagacha hisob 0:1 ko'rinishida edi. Biroq CHiro Immobile vaziyatni o'zgartirishga muvaffaq bo'ldi. Rim klubining asosiy to'purari Sergey Milinkovich-Savichning havodan bergan uzatmasini to'g'ri raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Natija — durang 1:1. "Lacio" hujumchisi uchinchi mavsumdagi 25-golini urdi: Immobile bunday natijaga 2017/18 va 2019/20 yilgi mavsumlarda ham erishgan.

Ungacha 2 futbolchi shunday natija qayd etgan — "Inter" o'yinchisi Ishtvan Nersh va "Milan" futbolchisi Gunnar Nordal. So'nggi 70 yil ichida A Seriyada bunday muntazam ravishda ko'p gol urayotgan hujumchi bo'lmagandi. Zlatan, Luka Toni, Totti, Del Pero, SHevchenko, Krespo — birortasi ham uch turli mavsumlarda 25dan ortiq gol urmagan.


Immobile A Seriyaning eng yaxshi to'purari bo'lishi mumkin, Hozircha grafik bo'yicha ketmoqda

Immobilening boshqa yutuqlari ham etarli. Masalan, 2019/20 yilgi mavsum "Oltin butsa"ga sazovor bo'lgan — XXI asrda faqatgina Luka Toni va Franchesko Totti 2000 yil o'rtalarida A Seriya forvardlari orasidan ushbu sovringa ega chiqqan. Qolaversa, A Seriya tarixidagi eng samarali mavsum ham aynan CHiroda — 36 gol! 1920-yillarda Gonsalo Iguain va Jino Rossetti shuncha urgan. Ayni damda Immobile hisobidagi 180 gol bilan A Seriya umumiy to'purarlari reytingida 14-o'rinni egallab turibdi. Kvalyarella ham xuddi shuncha gol urgan.

Aleksandr Ovechkin ro'yxatiga ko'ra, quyidagi futbolchilarga etib olish uchun CHiro shunchadan gol urishi lozim:

  • Batistutagacha (12-o'rin) — 4 gol;
  • Del Pero va Jiladrinogacha (9-o'rin) — 8 gol;
  • Roberto Bajogacha (7-o'rin) — 25 gol;
  • Di Natalenacha (6-o'rin) — 29 gol;
  • Tottigacha (2-o'rin) — 70 gol;
  • Silvio Piolagacha (1-o'rin) — 94 gol.


Bir narsani tushunish lozim, Totti 618 bahsda 250ta gol urgan, CHiro esa Italiya chempionatining endigina 288 uchrashuvida ishtirok etdi. Umuman olganda, top-20 to'purarlar ro'yxatida atigi ikki futbolchi 300dan kam bahsda maydonga tushgan — Immobile va Nordal (umumiy 3-o'rinda, 291 bahs va 225 gol). Eng yaxshi o'rtacha natija ularda — CHiroda har uchrashuvda 0,63 gol, Gunnarda har o'yin uchun 0,77 gol. Nordal — xet-triklar soniga ko'ra, A Seriya etakchisi: 17ta! (Juzeppe Meaccada xuddi shuncha edi). Immobile faqatgina 7 bor 1 o'yinda 3tadan gol urishga muvaffaq bo'lgan. Biroq hozirgi futbolchilardan hech biri undan oldinda emas: Marko van Basten — 8, Filippo Indzagi — 10.

CHiro o'rtacha har mavsum "Lacio" safida 24,6 gol uradi. U Tottiga etib olishi uchun yana hech bo'lmaganda, 3 mavsum stabillikni ushlab turishi lozim (joriy mavsumni hisobga olmaganda). Silvio Piolaga etish uchun esa muvozanat pasayishi mumkinligini inobatga olgan holda, to'rt yoki besh mavsum. Immobile fevralda 32 yoshga to'ldi — Italiya hujumchisi uchun eng gullagan davr. Totti 41 yoshgacha, Di Natale, Luka Toni va Filippe Indzagi 39gacha to'p tepgan.


Immobileni klubda juda yaxshi ko'rishadi, ammo termada buning aksi...

Immobilening klub faoliyatida ancha omadi chopgan — "Lacio" muxlislari forvardni hurmat qilib, sevishadi. Lekin Italiya termasi ishqibozlari jamoa JCH-2022ga chiqolmagandan keyin CHiroga tana toshlarini otishdi. Turli gap-so'zlardan so'ng hujumchi termadagi faoliyatiga nuqta qo'yish haqida o'ylab qolgan va bu haqida La Repubblica nashriga xabar bergan.

"Termadagi faoliyatimni davom ettirish borasida hali bir qarorga kelganim yo'q, — deydi Immobile "Torino"ga qarshi o'yindan keyin. Tanqid — futbolning bir qismi. Men uni tushunaman va to'g'ri qabul qilaman. Ammo asossiz xeytlarga chidolmayman".

Immobile hozircha terma eshiklarini o'zi uchun yopgan. SHuningdek, hali Roberto Manchini bilan gaplashib olishi kerak ekan. Murabbiy Italiyaning eng yaxshi forvardlaridan birini milliy terma jamoadan ketmaslik, fikrini o'zgartirishga urinib ko'radi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика