Xvan Son Xon: "O'zbekistonga qarshi ehtiyotkorlik bilan o'ynaymiz"
04 okt 2023 15:11
Yangiliklar
Xvan Son Xon: "O'zbekistonga qarshi ehtiyotkorlik bilan o'ynaymiz"
Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Xvan Son Xon Osiyo o'yinlari 1/2 finalidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'zbekiston juda kuchli va energiyaga boy jamoa hisoblanadi. Ular ham chempionlik uchun kurashadigan jamoalar qatoriga kiradi. Bu raqibga nisbatan taktik jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko'rish lozim. Bo'lajak o'yinda diqqatni bir zumga bo'lsa-da yo'qotmaslik talab etiladi. Yarim finalda g'alaba qozonib, finalga yo'l olishimiz uchun raqibga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashamiz”, — dedi koreyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalar o'rtasidagi uchrashuv bugun soat 17:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar