So’nggi yangiliklar

19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 19:00Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  5 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  9 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  15 18:31Суперлига. ОКМК - "Бунёдкор" 1:1 (матнли трансляция)  2 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  1 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  3 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  12 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0

Xushnudbek Avilov: “Markaziy himoya chizig'i men uchun begona emas” Yangiliklar

Xushnudbek Avilov: “Markaziy himoya chizig'i men uchun begona emas”

Superligada dastlabki g'alabasini qo'lga kiritgan "Andijon" jamoasining iqtidorli o'yinchisi Xushnudbek Avilovga "Buxoro" bilan o'yindan so'ng ayrim savollar bilan yuzlandik va bo'lajak o'yinlar haqidagi fikri bilan qiziqdik.

- “Andijon" jamoasi 17-tur doirasidagi navbatdagi uchrashuvini turnir jadvalida yonma-yon kelayotgan "Buxoro" jamoasiga qarshi o'tkazdi va Superligadagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Ushbu uchrashuv haqida nima deya olasiz?
- Avvalambor g'alaba bilan jamoamizning ashaddiy ishqibozlarini tabriklayman, biz uchun ushbu uchrashuvda g'alabaga erishish suv va havoday zarur edi. O'yin to'g'risida gapiradigan bo'lsam, jangovor ruxda o'tganligini aytishim mumkin. “Buxoro” jamoasi ham o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rishganligini takidlab o'tmoqchiman.

- Siz avvallari qanot himoyachisi sifatida maydonga tushar edingiz, hozir esa jamoa bosh murabbiyning ko'rsatmasiga binoan markaziy himoyachi chig'izida o'ynab kelmoqdasiz. Bu siz uchun qiyin emasmi?
- Men uchun markaziy himoyachi sifatida o'ynash begona emas, sababi Toshkentning "Paxtakor" jamoasida to'p tepgan davrimda ushbu poziciyada o'ynaganman. Markaziy himoya chig'izida xarakat qilish menga qulay, jamoa bosh murabbiyi menga ishonch bildirgani uchun raxmat aytaman va qo'limdan kelganicha jamoam g'alaba qozonishi uchun bor kuch qudratimni ishga solaman

- Jamoaga yangi bosh murabbiy Baxtiyor Xamidullaev keldi, murabbiy to'g'risidagi fikrlaringiz?
- "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Xamidullaev o'z davrida Respublikamizning eng ko'zga ko'ringan xujumchilaridan biri hisoblangan. Mashg'ulotlarda futbolchilarga ruhiy ozuqa bera oladi, talabchan murabbiy. O'yinlarga yaxshi tayyorlay oladi hamda o'z o'yin taktikasiga ega.

- "Andijon" jamoasi 18-turda qiyin bo'lgan raqib Bekobodning "Metallurg" jamoasiga qarshi safarda maydonga tushadi. Bu o'yindan oldingi fikrlaringiz...
- "Metallurg" jamoasi bilan uchrashuv biz uchun juda muhim hisoblanadi, sababi jamoamiz safar uchrashuvlarida muvaffaqiyatga erishmagan nasib bo'lsa Bekoboddan g'alaba bilan qaytamiz.



Nodirbek Abdullaev yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика