Xusayn Faraki: Kuchli raqibni katta mehnat evaziga yutdik
02 apr 2014 08:36
Yangiliklar


Xusayn Faraki: Kuchli raqibni katta mehnat evaziga yutdik
“Fulad” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida ahvazliklar ustozi ishtirok etdi.
- Kuchli raqib ustidan juda katta mehnat evaziga g'alaba qozondik. “Bunyodkor” jamoasi Toshkentdagi bahsga qaraganda anchayin tartibli o'yin namoyish etdi. Standart vaziyatida omadimiz chopdi va undan unumli foydalandik. Ochig'ini aytadigan bo'lsam, bizning guruhda teng kuchli jamoalar joy olishgan. Uchrashuvning qaysidir vaziyatlarida omadliroq o'ynagan klub uch ochko egasiga aylanmoqda. Ochkolarimiz soni sakkiztaga etdi. SHunday ekan o'zimizni endi biroz engil his qilamiz, - deydi “Fulad” ustozi Xusayn Faraki.

Fikrlar