So’nggi yangiliklar

20:20Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Тожикистонни мағлуб эта олмади  0 20:18"Вулверхэмптон" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  0 20:15"Насаф" — "Шўртан" 0:0 (матнли трансляция )  4 20:13"Нефтчи" 14 йилдан сўнг Наманганда "Навбаҳор"ни ютди  2 20:05Суперлига. 100 дақиқа давом этган водий дербисида "Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  71 20:00Суперлига. "Динамо" – ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  11 18:54"Аталанта" "Манчестер Юнайтед" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 18:24"Тоттенхэм" — "Бёрнли". Кайл Уокер асосий таркибда  2 16:09"Арсенал"нинг янги мавсумдаги сардори ким бўлади?  1 15:33"Барса" Рэшфордни рўйхатдан ўтказди. МЮдан ижарага олинган ҳужумчи 1-турда "Мальорка" билан ўйнаши мумкин  7 15:02МЮ 115 млн фунтлик трансфердан воз кечди  5 14:31"Галатасарой" Эдерсоннинг трансфери бўйича "Ман Сити" билан расмий музокараларни бошлади  4 14:00Игорь Шквирин: "Бизга хорижлик мураббий керакми-йўқми? Қарорни ҳозир қабул қилиш лозим. Кападзеда тажриба кам, аммо..."  32 13:30Суперлига. "Нефтчи" учун Наманган — "қўрқинчли" маконми?  12 13:16"Рома" Конени "Интер"га сотмайди. Гасперини хавбекка умид қилмоқда  0

Xotira. O'n besh yil avval Aleksandr Ivankov oramizdan ketgandi Yangiliklar

Xotira. O'n besh yil avval Aleksandr Ivankov oramizdan ketgandi

Teglar :  Aleksandr Ivankov
Xotira aziz, qadr muqaddas!

Ana shunday shukuhli kunlarda o'zbek futbolining taniqli vakillaridan biri, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy, tajribali mutaxassis, sobiq SSSR sport ustasi Aleksandr Ivankovni yodga olishni o'zimizga joiz deb bildik. 

Agar Aleksandr Dmitrievich hayot bo'lganida bu yil 17 oktyabr kuni qutlug' 70 yoshga to'lgan bo'lardi. Kecha esa uning bu yorug' dunyoni tark etganiga roppa-rosa 15 yil to'ldi. Ivankovning futbolchilikdagi yorqin damlari (1970-1977) “Paxtakor” klubida o'tdi. Metin himoyachi Vsevolod Bobrov, Mixail Yakushin, Gavriil Kachalin, Vyacheslav Solovev, Vadim Tereshenko kabi mashhur murabbiylardan futbol sir-asrorlarini o'rgangan, ularning qo'l ostida o'ynagan. 

Ivankov Gennadiy Krasnickiy, Birodar Adburaimov, Bahodir Ibragimov, To'lagan Isoqov, Vladimir Fyodorov, Mixail An, Valeriy Varyuxin, Nikolay Kulikov singari futbol afsonalari bilan elkama-elka maydonda javlon urgan. 

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach o'zini murabbiylikda sinab ko'rgan. 1986 yilda u O'zbekiston SSR terma jamoasini bosh murabbiy sifatida SSSR xalqlari Spartakiadasiga olib borgan. Ushbu musobaqada jamoamiz ikkinchi o'rinni egallagan edi. Aynan Spartakiadadagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so'ng unga xizmat ko'rsatgan murabbiy unvoni berilgan. 1995 yilda O'zbekiston milliy terma jamoasi, MHSKda bosh murabbiy bo'lib ishlagan. Keyinchalik “Paxtakor” klubini ham boshqargan. 

Afsuski, beshavqat o'lim 2004 yilning 6 iyun kuni Aleksandr Ivankovni oramizdan olib ketdi. Bugungi kunda uning o'g'li Denis Ivankov ota izidan borib, O'zbekiston milliy terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlayapti.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика