So’nggi yangiliklar

22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  1 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  45 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1

Xo'sh, bugun yoshlarimiz boshlaydi Yangiliklar

Xo'sh, bugun yoshlarimiz boshlaydi

Kecha Myanma davlatida yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oldi.
Bugun esa O'zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini boshlaydi. Futbolchilarimiz Toshkent vaqti bilan soat 14:00da Indoneziyaga qarshi maydonga chiqishadi. Guruhdagi keyingi raqiblarimiz esa Avstraliya bilan BAA bo'ladi. Indozeniyaning bizdan kuchli emasligi bor gap va umid qilamizki, bugun yoshlarimiz bu raqib ustidan yirik hisobda g'alaba qozonishadi. CHunki keyingi ikkita raqib birmuncha kuchli va jiddiy, shu bois guruh o'yinlari yakuniga etgach, to'plar nisbati rol o'ynab qolishi mumkin.

Hozirda terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov kuchli bosim turibdi, negaki Tailanddagi musobaqada qatnashgan o'smirlarimiz JCH yo'llanmasini qo'lga kirita olmay qaytib kelishdi, Osiyo o'yinlarida ishtirok etgan terma jamoamiz ham chorak finaldan ortga qaytdi (vaholanki, jamoa oldiga birinchi o'rinni qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgandi). Endi esa shu yil hisobidan bor umid yoshlarimizdan.

Buni o'z navbatida Ravshan Akmalovich ham chuqur his qilib turganiga shubha yo'q. Bu esa ikki karra masuliyatni yuklaydi. Ravshan Haydarov matbuot anjumanida aytib o'tganidek, bunday musobaqada chempion bo'lishni hamma xohlaydi, shu jumladan biz ham. Yarim finalga chiqdik degani esa jahon chempionati yo'llanmasi cho'ntakda deganidir. SHunday ekan, Tailand va Incheondagi musobaqada vazifa bajarilmay qolgani uchun ham bu safar jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish biz uchun juda muhim.

Tarkib haqida to'xtaladigan bo'lsak, aksariyat futbolchilarda xalqaro o'yinlarda maydonga tushish bo'yicha tajriba etarli. Xususan Sarvar Karimov, Akrom Komilov, Odil Hamrobekov, Ibrohim Abdullaev, Rustam Ashurmatov, Otabek SHukurov, Javohir Sidiqov, Jamshid Boltaboev, Ravshan Xursanov kabi futbolchilar o'tgan yil BAAda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon birinchiligida qatnashib, o'zlaridan yaxshi taassurot qoldira olishdi. Qolaversa, bu futbolchilar Eronda o'smirlar o'rtasidagi Osmiyo chempionatida g'olib chiqishgan.

Mana shu tomonlama ham Ravshan Haydarov yaxshi tarkibga ega. Endi esa gap vazifani bajarishda qolyapti. Lekin nima uchundir asli “Mashal” tarbiyalanuvchisi hozirda “SHo'rtan”da to'p tepayotgan Durbek Kamolov musobaqaga olib ketilmadi. Uning katta yordam tegishi mumkin edi. Lekin hozirgi futbolchilar bilan ham bemalol JCH yo'llanmasini qo'lga kiritsa bo'ladi. Zabixillo O'rinboev, Doston Hamdarov singari hujumkor futbolchilar oliy ligada ozgina bo'lsa-da o'zlarini ko'rsata olishdi. Endi navbat yana xalqaro o'yinlarga etib keldi va bu safar yanada yaxshiroq to'p surishga to'g'ri keladi. JCH yo'llanmasi yo'lida yoshlar terma jamoamizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика