Xorxe Sampaoli: “Ertaga boshqa Argentinani ko'rasizlar, biz finalga chiqmoqchimiz”
26 iyu 2018 00:12
Yangiliklar
Xorxe Sampaoli: “Ertaga boshqa Argentinani ko'rasizlar, biz finalga chiqmoqchimiz”
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli guruhning Nigeriyaga qarshi o'tkaziladigan so'nggi o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Ertangi o'yin biz uchun o'ta muhim hisoblanadi. Boisi, ikkala jamoada ham guruhdan chiqish imkoniyati saqlanib qolgan. Nigeriya ham bor kuchni shu o'yinga beradi. Mag'lubiyatdan bir necha kun o'tdi va biz o'zimizga kelib oldik.
Ishonchim komil, ertaga umuman boshqa Argentinani ko'rasizlar. Mundialning 1/8 finaliga chiqish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz. Xorvatiyadan qabul qilingan mag'lubiyatdagi barcha aybni o'z zimmamga olaman. Biz 5ta o'yinda zafar quchib, finalga chiqishni istaymiz”, -dedi Sampaoli.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar