Xorvatiya terma jamoasi guruhda qolib ketdimi?
25 iyu 02:25
Yangiliklar
Xorvatiya terma jamoasi guruhda qolib ketdimi?
3-turda Ispaniya Albaniyani 1:0 hisobida taslim etgan bo'lsa, Xorvatiya 90+8 daqiqada gol o'tkazib, g'alabani qo'ldan chiqardi. Xorvatlar guruhda qolib ketdimi?
HA desak ham, YO'Q desak ham bo'ladi.
3ta o'yinda 2 ochko to'plagan Xorvatiya 3-o'rinni egalladi. Evro-2024da esa 6ta guruhlarda eng yaxshi natija qayd etgan 4ta jamoa keyingi bosqichga chiqishi mumkin. Xo'sh qolgan guruhlarda 3-o'rin egalarida nima gap?
Demak, Xorvatiya kuchli to'rttalikka kirishi uchun Sloveniya oxirgi tur o'yinida Angliyaga 4ta to'p farqi bilan yutqazishi, CHexiya terma jamoasi turklarga mag'lub bo'lishi kerak. Bundan tashqari, boshqa guruhlarda 4-o'rinni egallab turgan jamoalar ham mag'lubiyatga uchrashi lozim. Ha, to'ppa-to'g'ri, imkoniyatlar juda va juda kam...
Fikrlar