So’nggi yangiliklar

12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  1 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  2 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6

“Xorazm” Toshkentda shug'ullanmoqda Yangiliklar

“Xorazm” Toshkentda shug'ullanmoqda

Teglar :  XorazamOq-tepa
“Xorazm” jamoasi bir necha hafta ilgari Urganch shahrida ikkinchi bosqich o'yinlariga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborishgandi.

Ayni damda, vohalik futbolchilar Toshkent shahriga etib kelishgan. Ular ikkinchi bosqich uchrashuvlari boshlanguniga qadar poytaxtda mashg'ulotlar uyushtirishi va tibbiy ko'rikdan o'tishi belgilab qo'yilgan.

Qolaversa, Vali Sultonov shogirdlari mashg'ulotlar bilan cheklanib qolmay, nazorat o'yinlarida ishtirok etishni ham rejalashtirilgan. Ana shunday o'yinlardan biri  8 avgust kuni bo'lib o'tdi. SHu kuni urganchlik futbolchilar “NBU-Osiyo” jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Bu o'yinda g'olib aniqlanmadi, 2:2. To'plarni “Xorazm” jamoasidan Mirza Quryozov va Temur Ismoilovlar kiritishdi.

Endilikda, “Xorazm” jamoasi “Paxtakor-2” bilan kuch sinashadi. Bu uchrashuv  9 avgust kuniga belgilangan. SHuningdek, 10 avgust kuni “Lokomotiv” jamoasining o'rinbosarlari “Xorazm”liklar raqibi bo'lish kutilmoqda. Bosh murabbiyning takidlashicha, hozirda jamoada bir necha yangi futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda.

Kezi kelganda malumot uchun aytib o'tish joizki, “Xorazm” jamoasi ikkinchi bosqichning ilk uchrashuvini safarda o'tkazadi. Vohalik futbolchilar 13 avgust kuni Toshkent shahrining “Oqtepa” jamoasi mehmoni bo'lishadi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика