“Xorazm” raqiblarini Xivada qabul qiladi
26 mar 2014 10:09
Yangiliklar

“Xorazm” raqiblarini Xivada qabul qiladi
Xorazm vohasi 2015 yili maktab o'quvchilarining eng nufuzli musobaqasi - “Umid nihollari” sport o'yinlariga ikkinchi bor mezbonlik vazifasini o'taydi.
Mazkur bellashuvlarning ochilish va yopilish marosimlari hamda ayrim sport turlaridan bahslar Urganch shahridagi Xorazm sport majmuasi o'yingohida tashkil etiladi.
Bugungi kunda, bu erda mukammal tamirlash va rekonstrukciya ishlari avjiga chiqqan. Malumki, mazkur sport inshootida vohaning bosh jamoasi, yani Urganchning “Xorazm” jamoasi uy uchrashuvlarini o'tkazib kelayotgandi. Natijada, yuzaga kelgan vaziyat tufayli jamoa joriy yilgi mavsum o'yinlarini Xiva shahridagi “Xiva” stadionida o'tkazishi belgilab qo'yildi. Jumladan, “Xorazm” 30 mart kuni O'zbekiston kubogining saralash bosqichi doirasida Nukusning “Orol” jamoasini qabul qilishadi. Keyingi bosqichda ushbu juftlik g'olibi maydoniga poytaxtning “Paxtakor” jamoasi tashrif buyuradi.
“Xorazm” jamoasi O'zbekiston birinchiligining dastlabki ikki uchrashuvini ham o'z maydonida o'tkazadi. 3 aprelda G'allaorolning “G'allakor-Avtomobilchi”, 6 aprelda esa Samarqandning “SHerdor” jamoalari vohaliklar mehmoni bo'lishadi.
Ayni paytda “Xiva” stadionida tamirlash va obodonlashtirish ishlari nihoyasiga etkazilyapti.
Ikrom XUDOYBERGANOV.

Fikrlar