So’nggi yangiliklar

14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  12 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  4 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  9 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0

"Xorazm"bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov: "Superligaga chiqish bir yilda amalga oshadigan narsa emas" Yangiliklar

"Xorazm"bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov: "Superligaga chiqish bir yilda amalga oshadigan narsa emas"

Pro liganing dastlabki turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Aral Samali" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov fikrlarini bildirdi.

"Ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Qaysidir manoda futbolchilarda hayajon sezild. Uch yillik strategiya tuzganmiz. Bu degani jamoani yoshartirish. Xudo xohlasa mana shu vaqt ichida jamoani Superligaga olib chiqadigan darajaga keltirishga harakat qilamiz. Bu bir yilda amalga oshadigan narsa emas. Bu yildan sekin asta mahalliy tarbiyalanuvchilarga etibor qaratiladi. 

"Aral Samali" jamoasi bizga qaraganda tajribaliroq. Ikkinchi bo'limda taktik tomondan o'zgarish qildik. Xavfli vaziyatlar ko'p bo'ldi. Tashkilotchilik haqida gapirsam, yig'inni kechroq boshladik. Murabbiy masalasi hal bo'lmayotgandi. Klub rahbariyati bizga jiddiy taklif bilan chiqdi. Jamoa 60 foiz tayyor. 

Moliyaviy holatimiz o'rtamiyona. Muhitni ushlab turish uchun ham tajribali futbolchilar kerak. Lekin barqaror tarzda yoshlarga ishonch bildiramiz. Tarkibdan 70 foiz ko'nglim to'ldi. O'yin amaliyoti hali yana kerak",- dedi Ruslan Ahmedov.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика