So’nggi yangiliklar

11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  5 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  6 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  11 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  22 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  3 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5

Xomyakov: "AGMK haqli g'alabaga erishdi" Yangiliklar

Xomyakov: "AGMK haqli g'alabaga erishdi"

"Mashal" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov AGMK - "Mashal" uchrashuvidan so'ng o'yin haqida fikr bildirdi.





O'yin haqida

— Umuman olganda, ko'p hollarda o'zimizni yo'qotib qo'ydik. Tezkor gol urdik, lekin shunga qaramasdan, o'z darvozamizdan ham to'p olib chiqdik. Qanotlarni boy berdik, ayniqsa, chap qanotni. Uchinchi goldan keyin o'yinni qutqarishga intildik. Bir nechta vaziyatlarni yaratdik. O'ylaymanki, AGMK haqli g'alabaga erishdi va olmaliqliklar bunga loyiq edilar.

— "Mashal" o'tgan turda "Nasaf"ga, bugun esa AGMK qarshi o'ynadi. Qaysi jamoa sizlarga ko'proq muammo tug'dirdi?

— Biz o'z o'yinimizni har bir raqib jamoaga qarab shakllantiramiz. Boshqa tarafdan bir nechta muammolarimiz bor. Yarim himoya chizig'i bizni xavotirga solyapti. Umuman, hozir his-hayajondaman va aniq tushuntirib berishim qiyin. "Nasaf" hujumkor jamoa, AGMK ham. Albatta, bu jamoalarga qarshi o'ynash murakkab. Afsuski, hozircha omad etishmayapti.

— Ayrim malumotlarga qaraganda, qishda Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" bilan shartnoma tuzmagach, qarshiliklar rahbariyati siz bilan muzokara olib borgan ekan. SHu rostmi?

— Bunaqasi mutlaqo bo'lmagan. Birinchi marta sizdan eshityapman. 

— "Mashal" bilan shartnomangiz bor. Keyingi mavsumda ham jamoada qolasizmi? 

— Rahbariyat hamkorlikni davom ettirsa, qolaman. Uzoq muddatli kelishuv bor. Barchasi natijaga va rahbariyatning qaroriga bog'liq. Ishim qoniqtirsa, qoldirishadi.

— Abduraimov va Murtozaevning ketishi jamoaga qanday tasir ko'rsatdi?

— Ular "Mashal" uchun qo'ldan kelganicha o'ynashdi. O'ylashimcha, futbolchilar yangi bosqichga chiqishni xohlashdi. Hayot shunday, har bir inson eng yaxshisini izlashga, rivojlanishga intiladi. Abduraimov va Murtozaev yuqori darajadagi o'yinchi edi.

— 6 o'yindan buyon gol urolmayotgan CHika Okvara bugun ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. Muborakda undan kuchliroq mahalliy futbolchi yo'qmi?

— Ha, unda muammolar bor, lekin u 2 ta gol urgan. AGMK standartlarda yaxshi o'ynaydi. Uni qo'ymasak, burchak to'plari va jarima zarbalarida qiynalib qolamiz. Uning bo'yi kurashlarda faol qatnashishga yordam beradi. Uzun paslar bilan o'ynashda aynan undan foydalanishga harakat qilamiz. Har doim ham rejalarimiz ish bermaydi. Albatta, hujumchilarga etirozlarimiz bor. 

— "Mashal" raqibdan kelib chiqib o'yin qurishini aytdingiz. SHunday jamoalar borki, o'yinni o'zlari nazoratga olishadi. Muborak jamoasi qachon o'z o'yinini raqibdan kelib chiqmagan holda, tashkil qiladi?

— Hozir futbol umuman boshqacha o'ynalyapti. Ilgari o'yin qurishda maydon sifati xalaqit qilardi. Hozir esa maydonlar yaxshi. Endi xarakter va xohishdan tashqari texnik tomonlarga urg'u berish kerak. "Mashal" raqibdan kelib chiqib o'ynaydi. Qaytaraman, hujumkor futbol ko'rsatishni albatta, xohlagan bo'lardim. Muxlislar ham shuni xohlashadi. Biroq mavjud futbolchilardan kelib chiqsak, hozircha buning iloji yo'q. Umid qilamizki, "Mashal" etakchilik qilgan davrlar ham qaytadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика