Xolid Al Danhani: "Bor etiborimiz O'zbekiston bilan o'yinga qaratilgan"
31 may 20:00
Yangiliklar
Xolid Al Danhani: "Bor etiborimiz O'zbekiston bilan o'yinga qaratilgan"
Birlashgan Arab Amirliklari himoyachisi Xolid Al Danhani jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Osiyo Chempionlar ligasi-2 sovrini og'ir mavsumdan so'ng bizga kuchli turtki berdi. Kosminning "Sharja"dagi so'nggi muvaffaqiyati, undan oldin esa bir nechta klub bilan erishgan yutuqlari tufayli uning qo'l ostida to'p tepishdan mamnunmiz. U tajribali murabbiy.
Hozirgi kunda bor etiborimiz O'zbekiston bilan o'yinga qaratilgan. G'alaba qozonib, uch ochko qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi futbolchilarga kuch bag'ishlaydi", dedi 28 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, BAA – O'zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar