Xoland: "Gol urishni sevaman"
19 mar 2023 13:58
Yangiliklar
Xoland: "Gol urishni sevaman"
"Manchester Siti" forvardi Erling Xoland Angliya Kubogi doirasida "Bernli" darvozasiga 3ta gol urdi.
Norvegiyalik futbolchi shu orqali mavsumdagi oltinchi xet-trikini qayd etdi. U jamoa tarkibidagi so'nggi 2 o'yinida 8 gol urdi.
"So'nggi ikki o'yin yaxshi o'tdi. Muhim o'yinlar edi. Termalar tanaffusi oldidan 7:0 va 6:0 hisobidagi g'alabalar - bu ajoyib. Juda ham xursandman. Har bir gol men uchun qadrli.
6:0 hisobidagi g'alaba - zo'r natija, chunki "Bernli" ushbu mavsumni yaxshi o'tkazmoqda. Endi bizni "Uembli"dagi bahs kutib turibdi.
Hujumchiman, gol urishni sevaman! Biroq faqatgina bunga etibor qaratmayman, vaziyatlar yaratishni ham yaxshi ko'raman. Qachonki vaziyatlar ko'p bo'lsa, gol urish uchun ham imkoniyatlar oshadi", - dedi Xoland
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar