So’nggi yangiliklar

22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  1 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  20 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  1 20:16Виктор Фонт: "Лапорта кўп гапиради, лекин кам иш қилади. Мен қайтсам, Мессини клуб билан боғлайман"  7 19:41Исак Швецияда 2025 йилнинг энг яхши ўйинчиси деб топилди  2 18:59Футзал. Ўзбекистон Россияга қарши ўйинда даҳшатли камбэк қайд этиб, ғалабага эришди  14 18:47Азиз Амонов — "Динамо" футболчиси  13 18:25"Арсенал" мухлислари учун хушхабар  0 17:39"Насаф": Шароф Муҳитдинов билан шартнома узайтирилди  2 16:46Филипе Луис Европа клубини бошқармоқчи  7 16:06"Ливерпул" Бразилиянинг ёш иқтидорларидан бирини нишонга олди  1

Xitoyning Kuytun shahri meri boshchiligidagi delegaciya "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ldi Yangiliklar

Xitoyning Kuytun shahri meri boshchiligidagi delegaciya "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ldi

Qo'qon shahriga Kuytun shahri meri boshchiligidagi delegaciya tashrif buyurdi.

"Qo'qon shahri hokimligida ikki tomon rasmiylari va ishbilarmon doiralari o'rtasida o'tkazilgan muloqot chog'ida davlatlarimiz rahbarlarining tashabbuslari bilan turli sohalarda o'zaro manfaatli aloqalar rivojlanib borayotgani takidlab o'tildi.

Kuytun shahri meri Altay Saken boshchiligidagi delegaciya azolari shahrimiz hokimi Marufjon Usmonov hamrohligida "Qo'qon-1912" jamoasiga qarashli "Markaziy" stadioniga tashrif buyurishdi. 

"Xitoylik mehmonlar o'zbek futbolining eng birinchi jamoasi tarixi bilan qiziqishdi. Jamoa rahbari Akramjon Mamadaliev mehmonlarga jamoaning tarixi hamda ushbu kundagi jamoa haqida so'zlab berdi. Mehmonlar futbolchilar bilan suhbatlashib, esdalik uchun suratga tushishdi. "Markaziy" maydonida Kuytun hamda Qo'qon shahri hokimlari o'zaro to'p tepish bo'yicha kichik bellashuvga kirishdilar.

Jamoa rahbariyati tomonidan janob Altay Sakenga mehmonning ismi tushirilgan "Qo'qon-1912" formasi hamda boshqa esdalik sovg'alar taqdim qilindi. Kuytun shahri merida "Qo'qon-1912" jamoasining tarixi katta taassurot qoldirdi.

Har ikki hokimlar Qo'qon va Kuytun shaharlari o'rtasida do'stlik aloqalarini rivojlantirish borasidagi memorandumni imzoladilar", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика