Xitoyda stadion qo'riqchilari futbolchilarni kaltaklashdi
25 sen 2017 12:40
Yangiliklar
Xitoyda stadion qo'riqchilari futbolchilarni kaltaklashdi
Bu voqea "Yunan Liczyan"ga (1:1) qarshi bahsning tanaffusida sodir bo'ldi. Malum bo'lishicha, ikkinchi bo'limning boshlanishi 50 daqiqaga cho'zildi.
"Xarbin Iten" vakillarining so'zlariga ko'ra, tanaffusda kiyinish xonasida chiroq o'chib qolgan va o'nlab qo'riqchilar ichkariga kirib, futbolchilarni dubinka bilan ura boshlagan. "Yunan Liczyan" vakillarining so'zlariga ko'ra, kaltak egan mehmon jamoa futbolchilari uchrashuv bosh hakamiga tahdid qilishgani uchun qo'riqchilar aralashishiga to'g'ri kelgan. Dubinkalar ishlatilmagani aytilmoqda.
"Agar bu haqiqat bo'lsa va o'nlab qo'riqchilar kaltaklagan bo'lsa, qanday qilib ular ikkinchi bo'limga chiqishdi va uchrashuvni davom ettirishdi?" - deyiladi "Yunan Liczyan" bayonotida.
Xitoy futbol associaciyasi ushbu voqea bo'yicha tekshiruv ishlarini boshladi.
Fikrlar