Xitoy klubi Ronaldu uchun 200 mln. evro taklif qildi, o'yinchiga esa yiliga - 120 mln. evro
09 iyu 2017 10:22
Yangiliklar
Xitoy klubi Ronaldu uchun 200 mln. evro taklif qildi, o'yinchiga esa yiliga - 120 mln. evro
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu turli klublar qiziqishida.
Malumotlarga ko'ra, nomi oshkor qilinmayotgan Xitoy klublaridan biri Portugaliya terma jamoasi futbolchisi uchun 200 mln. evro taklif qilgan. Futbolchining o'ziga esa yillik 120 mln. evro maosh berishmoqchi. Agar transfer amalga oshsa, bu eng katta maosh bo'ladi, chunki hozirgacha hech bir futbolchiga bunday maosh taklif qilishmagan. Xitoy klubi rahbariyati bu ishga jiddiy kirishgan va kelasi haftada Madridga uchib, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bilan muzokara o'tkazmoqchi.
Oldinroq PSJ, "Monako" va "Manchester Yunayted" Ronaldu uchun 180 mln. evro taklif qilgani elon qilingandi.
Fikrlar