"Xetafe" "Real" tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin
04 iyu 2024 17:32
Yangiliklar
"Xetafe" "Real" tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin
Bu haqida "Marca" nashri xabar bermoqda.
"Xetafe" "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Peter Federiko bilan shartnoma imzolashi mumkin. Dominikanlik vinger o'tgan mavsumni ijara huquqi asosida "Valensiya"da o'tkazdi.
Futbolchining o'zi ham bu transferga qiziqish bilan qaramoqda. Hozircha "Xetafe" futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga oladimi yoki to'laqonli transferni amalga oshiradimi malum emas.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Peter Federiko La Liganing 15 o'yinida maydonga tushdi va 1 ta golli uzatma etkazib berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar