"Xetafe" muxlislari "Sevilya" bilan o'yin davomida argentinalik Akunyani "maymun" deb atashdi. Hakam o'yinni 10 daqiqaga to'xtatdi
31 mar 2024 17:14
Yangiliklar
"Xetafe" muxlislari "Sevilya" bilan o'yin davomida argentinalik Akunyani "maymun" deb atashdi. Hakam o'yinni 10 daqiqaga to'xtatdi
"Xetafe" muxlislari "Sevilya" futbolchisini irqiy kelib chiqishiga ko'ra haqorat qilishdi.
"Sevilya" La Liga 30-tur doirasidagi mehmondagi o'yinda "Xetafe" (1:0)ni mag'lub etdi.
O'yinning taxminan 60-daqiqalarida mezbonlarning ayrim muxlislari "maymun" deya atagan holda mehmonlarning argentinalik yarim himoyachisi Markos Akunyani haqorat qila boshlashdi.
Uchrashuv bosh hakami Ignasio Iglesias Vilyanueva o'yin delegatiga irqiy haqorat uchun La Liganing maxsus protokoli tayyorlashga ishora qildi. Suhandon stadion bo'ylab elon berdi. Taxminan o'n daqiqa o'tib o'yin davom ettirildi va oxiriga etkazildi.
Hozircha "Xetafe" muxlislariga nisbatan ehtimoliy jazolar haqida malumot yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar