Xerardo Martino: "Taqvim juda zich"
06 apr 2014 01:20
Yangiliklar


Xerardo Martino: "Taqvim juda zich"
"Barselona" bosh murabbiyi Xerardo Martino "Betis" bilan bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Bugungi o'yin "Atletiko" bilan bo'lgan uchrashuvdan keskin farq qildi. Siz agarda bunday zich taqvim asosida o'ynarkansiz,unda kuchni tejab o'ynashga to'g'ri keladi. Menda tarkibda katta o'zgarishlarni qilish imkoniyati yo'q. Bugungi o'yin qiyin bo'ldi. Futbolchilarimizning mahorati evaziga g'alaba qozondik. Umid qilamanki, qolgan o'yinlarda bugungidan yaxshiroq harakat qilamiz. Etiroz bildirishni xohlamayman, chunki bizda aytib o'tganidek taqvim juda zich. CHempionlar ligasi o'yinlari hisobiga bizda etarli vaqt yo'q. SHu uchun natijadan ko'nglim to'ldi.

Fikrlar