So’nggi yangiliklar

17:52"Аркадағ" - "Андижон". Таркиблар маълум бўлди  10 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  7 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  3 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  13 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  5 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  10 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   247 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  12 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  5 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  24

Xayrulla Xoliqov: "Bavariya" qirol? Beg'amovdan navbatdagi o'ta kulguli va balandparvoz gaplar" Yangiliklar

Xayrulla Xoliqov: "Bavariya" qirol? Beg'amovdan navbatdagi o'ta kulguli va balandparvoz gaplar"

Kecha taniqli jurnalisti, AGMK futbol klubi matbuot kotibi SHahboz Beg'amov jahon futbolida Germaniya gegemoni "Bavariya"ni qirol deya atagandi.

Mazkur post saytimizda elon qilingan va bu turli muxlislar o'rtasidagi muhokamaga sabab bo'ldi. Endilikda bunga javoban saytimiz ijodkori, "Lokomotiv" klubi matbuot kotibi Xayrulla Xoliqov o'zining "Futbol va hayot" telegram kanalida munosabat bildirdi.

"SHahboz Beg'amovdan navbatdagi o'ta kulguli va balandparvoz gaplar. 

Birinchidan, "Bavariya" hali jahon tugul, Evropa qiroli ham emas. "Bavariya" Germaniyada chempion va Kubok egasi bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin hali ECHLni yutmadi. 

Jahon qiroli bo'lish uchun oldin ECHLni, keyin UEFA Superkubogini va undan keyin klublar o'rtasidagi jahon chempionatini yutishi kerak bo'ladi.

Ana shu musobaqalarni yutsin, gap yo'q haqiqatan jahon qiroli deymiz va olqishlaymiz", - deyiladi postda.

Eslatib o'tamiz, saytimizning mazkur ikki ijodkori avval ham ko'plab mavzularda o'zaro bahs-munozaraga borishgan.

Qizig'i, Superliganing navbatdagi turida ham aynan mazkur ikkala matbuot kotiblari faoliyat yuritayotgan jamoalar: AGMK - "Lokomotiv" o'zaro to'qnash keladi. Ko'rinishidan, Beg'amov & Xoliqov qarama-qarshiligi Superliga doirasidagi bahsda ham davom etadi.

Xo'sh, o'rinli savol tug'iladi. Sizningcha, jahon futbolida hozirgi kundagi eng barqaror va kuchli jamoa qaysi?

Barchaning o'z fikri bor va hamma fikr bildirishga haqli. Saytimiz o'quvchilaridan mavzuga oid fikr bildirishni va shaxsiyatga doir haqoratli so'zlar ishlatilmasligini so'raymiz.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика