So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  0 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  11 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  401 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Xavini kutib ol, La Liga yoxud 14-tur prevyusi Yangiliklar

Xavini kutib ol, La Liga yoxud 14-tur prevyusi

Teglar :  La Liga
Ispaniya chempionatining 14-turidan bir qator qiziqarli uchrashuvlar o'rin olgan, ular bilan tanishamiz.

Atletiko - Osasuna

Oxirgi vaqtlarda ovi baroridan kelmayotgan "matraschilar" so'nggi to'rt o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan "Osasuna"ni qabul qiladi. CHempionlar ligasida "Liverpul"dan tarsaki egan bo'lsa-da, madridliklar o'z uyida uncha-muncha jamoaga taslim bo'lmaydi, yani jamoa so'nggi 8 o'yinning 7 tasida mag'lubiyatga uchramagan. "Osasuna" so'nggi bor "Atletiko" ustidan 2014 yilda zafar quchgan, shundan beri klub faqatgina mag'lubiyat mevalarini tatib ko'rishga majbur bo'lgan. Biroq jamoaning ayni damda 7-pog'onada ketayotganini, qolaversa, Madrid klubi oxirgi 5 o'yinning 4 tasida g'olib kelolmaganini inobatga olsak, mezbonlar yaxshigina ter to'kishiga to'g'ri keladi.

O'zaro o'yinlar soni: 87 

Mezbonlar g'alabasi-durang-mehmonlar g'alabasi: 44-15-28

Ayni damda egallab turgan o'rni: 4-7

Jamoa to'purarlari: Luis Suares-Kike Garsiya


Barselona - Espanol

Xavining qaytishi o'z hamshaharlariga qarshi o'yiinga to'g'ri keldi. Qatarda "tiki-taka" qilib tashlagan ispaniyalik sobiq futbolchi o'z hunarini Kataloniyada namoyish eta olarmikan degan savol ko'pchilikni qiziqtirmoqda. Qolaversa, hozirgi "Barselona"ning holiga hayvonot bog'idagi barcha jonzotlar ko'zyosh to'kishmoqda. Ko'ramiz, Xavi qaytdi, Dani Alves qaytdi, avvalgi "Barselona" ham qaytarmikan? Kataloniya derbisi har doim qiziqarli ruhda o'tgan.

O'zaro o'yinlar soni: 217

Mezbonlar g'alabasi-durang-mehmonlar g'alabasi: 124-48-45

Ayni damda egallab turgan o'rni: 9-11

Jamoa to'purarlari: Memfis Depay-Raul de Tomas


Granada - Real Madrid

Bir qarasang, grand jamoalarni mag'lub etadigan, bir qarasang, autsayderlarga ochko ulashadigan madridliklarni yana bir antiqa raqib kutib turibdi. Biroq "Qirollik klubi" uchun bu jamoa omadli hisoblanadi, qaymoqranglilar o'zaro so'nggi 12 o'yinda shlyapalarini osmonga irg'itishgan. Ammo futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. "Granada" turnir jadvalida yanada pastga sho'ng'ib ketmaslik ilinjida tish-tirnog'i bilan kurash olib borsa, ajabmas. "Real Madrid" esa o'zidan oldinda borayotgan boshqa "Real"ni (Sosedad) taqib qilishda davom etadi.

O'zaro o'yinlar soni: 56

Mezbonlar g'alabasi-durang-mehmonlar g'alabasi: 7-10-39

Ayni damda egallab turgan o'rni: 17-2

Jamoa to'purarlari: Suares-Karim Benzema


Real Sosedad - Valensiya

13-turdan so'ng La Liga turnir jadvalini "Real", "Barselona", "Atletiko", boringki, "Sevilya" emas, "Real Sosedad" boshqarib borayapti desam, ushbu mavsumni endi kuzatishni boshlagan odam yotvolib kulishi mumkin. Ammo bu haqiqat. "Real"larning kamtarona jamoasi so'nggi 11 o'yindan beri raqiblarini ranjitib kelmoqda. Bu ko'rsatkich esa undan quyiroqdagi grand klublarning so'lagini oqizishi tabiiy hol. "Valensiya" ham sovg'a jamoa emas. Ular istalgan jamoaga boshog'riq bo'la oladi. So'nggi turda "Atletiko"dan ochko tortib olgani buning yaqqol namunasidir. Xullas, ushbu o'yinni ham markaziy o'yinlar qatorida bemalol atasak bo'ladi.

O'zaro o'yinlar soni: 156

Mezbonlar g'alabasi-durang-mehmonlar g'alabasi: 50-38-68

Ayni damda egallab turgan o'rni: 1-10

Jamoa to'purarlari: Mikel Oyarsabal-Karlos Soler 


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика