Xavi: "Ter SHtegen ayni damda dunyoning eng yaxshi darvozaboni"
25 apr 2023 22:13
Yangiliklar
Xavi: "Ter SHtegen ayni damda dunyoning eng yaxshi darvozaboni"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoa darvozaboni Mark-Andre ter SHtegenni maqtadi.
30 yoshli posbon ushbu mavsum LaLiganing 30 o'yinida maydonga tushib, 24 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. U ushbu o'yinlar davomida faqatgina 9 marta gol o'tkazib yubordi.
"Ter SHtegenni yaxshi bilaman, chunki u bilan birga o'ynaganman. U uslubchan inson. Ayni damda u dunyoning eng zo'r darvozaboni. Ter SHtegen o'z uslubi bilan jamoa o'yinini yanada kuchliroq qilmoqda", - dedi "Barselona" ustozi.
Germaniyalik kiper 2015 yildan buyon "Barselona" tarkibida o'ynamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar