Xavi: “Tarixiy g'alaba”
03 jan 2022 07:50
Yangiliklar
Xavi: “Tarixiy g'alaba”
Kataloniyaliklar asosiy jamoasidagi 17 futbolchinijg asosiy qismi koronavirus va jarohat tufayli o'yinda qatnashmadi.
“Bu “Barselona” uchun oltinga teng uch ochko. O'yinni qoldirish kerakligini aytgandim, chunki bizda qanday muammolar borligini ko'rdim, ammo jamoamdan juda faxrlanaman.
Ter SHtegen bizni qutqardi, u o'ziga nisbatan juda talabchan. Butun jamoa uchun, Mark-Andre va ayniqsa, Lyuk de Yong uchun juda ham xursandman. U professional tarzda mehnat qiladi, mashq o'tkazadi, effektiv harakat qiladi.
Mazkur 3 ochko bizni yuqori o'rinlarga kurashish uchun qaytishimizga yordam beradi. Holatimizdan kelib chiqib, uch ochkoni qo'lga kiritganimiz hayratlanarlidir.
G'alaba bizni oliy maqsadimiz – CHempionlar Ligasiga yaqinlashtiradi. Tarkibimizda 17 yo'qotish bor edi, bu tarixiy g'alaba hisoblanadi.
Jamoaviy uyg'unlikni ko'rganimdan juda baxtiyorman, g'alabaning qiymati oltinga teng. “Barselona” ishonishda va ishlashda davom etishi kerak, chunki biz to'g'ri yo'ldamiz”, deydi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar