Xavi: "Real Sosedad" ko'prog'iga loyiq edi"
22 apr 2022 08:45
Yangiliklar
Xavi: "Real Sosedad" ko'prog'iga loyiq edi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Real Sosedad" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin huddi "Vilyarreal" bilan bo'lgani kabi menga yoqimsiz hislarni taqdim etdi. Raqib to'pga bizdan ko'proq egalik qildi. Biz o'z tomonimizda ham yaxshi o'ynay olmadik. "Sosedad" ajoyib jamoa.
Biz charchoqni his qildik, ammo muhim g'alabaga erishdik. To'g'risini aytsam, "Sosedad" bundan ko'prog'iga loyiq edi. Ikkinchi taymda raqib durangga mos o'yin ko'rsatdi. Ammo muhim g'alaba bizga nasib qildi.
So'nggi haftadagi muvaffaqiyatsizliklar bizga foyda olib keladi.
Biz bosimdamiz va bu normal holat. "Barselona" yaxshi o'ynay olmasdan bo'lsada, kerakli natijaga erishish uchun kurasha oladi", - dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar