Xavi Pikega: "Endi kamroq o'ynaysan"
19 sen 2022 21:22
Yangiliklar
Xavi Pikega: "Endi kamroq o'ynaysan"
Qayd etilishicha, jamoa sardorlaridan biri o'ziga berilayotgan daqiqalarning kamligidan norozi. Murabbiy esa Kristensin, Garsiya, Kunde va Arauxoga ko'proq ishonch bildirmoqda.
Umuman olganda, Pike "Spotify Camp Nou"da beshinchi himoyachiga aylandi va barcha musobaqalarda ikki marta, jami 135 daqiqa maydonda harakat qildi.
Bu 35 yoshli futbolchining hafsalasini pir qilgan. Xabarlarga ko'ra, Pike o'tgan hafta "Allianc Arena"da "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin kiyinish xonasida unga imkoniyat berilmaganidan shikoyat qilgan.
Xavi markaziy himoyachining gaplarini eshitdi va faxriy klub sardoriga shunday degan: "Endi kamroq o'ynaysan".
"Barselona" rahbariyati ayni damda ispaniyalik futbolchining tezroq faoliyatini yakunlashini istamoqda, qolaversa, uning klub uchun tekinga o'ynashi haqida vadasida turishiga umid qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar