Xavi o'z shtabining maoshi borasida "Barselona" rahbariyati bilan tushunmovchilikka uchradi
27 iyu 2023 11:56
Yangiliklar
Xavi o'z shtabining maoshi borasida "Barselona" rahbariyati bilan tushunmovchilikka uchradi
Kataloniya klubining moliyaviy imkoniyatlari cheklangan.
"Mundo Devortivo" xabariga ko'ra, Xavi va "Barselona" o'rtasida yangi shartnoma borasidagi muzokaralarda muammolar bor. Kataloniya klubi bosh murabbiyning maoshini albatta oshiradi. Biroq Xavi bir vaqtning o'zida o'z xodimlari, xususan, yordamchilari Oskar Ernandes va Serxio Alegre, shuningdek, darvozabonlar murabbiyi Xose Ramon de la Fuentening maoshi oshishini istamoqda. "Barselona" rahbariyati esa Xavining o'zi pulini yordamchilari bilan bo'lishishi kerak deb hisoblamoqda.
Eslatib o'tamiz, bosh murabbiy va "ko'k-anorranglilar" o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Xavi o'zining lavozimdagi birinchi to'liq mavsumida "Barselona"ga to'rt yillik tanaffusdan so'ng La Liga chempionligini qaytardi.
Fikrlar