Xavi: "O'z ishimizni o'zimiz qiyinlashtirib yubordik"
26 okt 2023 08:52
Yangiliklar
Xavi: "O'z ishimizni o'zimiz qiyinlashtirib yubordik"
"O'yin oxirida o'zimiz ishimizni qiyinlashtirib yubordik. Menga yuqori pressingimiz yoqdi. Golgacha yaxshi harakat qildik, keyin esa vaqtida uchinchi golni urmaganimiz uchun qiynaldik, bu esa bemalol g'alaba qozonishimizga imkon bermadi. Umuman olganda - jamoamiz o'yinni yaxshi o'tkazdi.
Fermin Lopes uchun xursandman. U qattiq ishlayapti, uning mahorati bizga juda qo'l kelmoqda. SHaxsan menga u yoqadi. Ko'ramiz, u shanba kuni "Real"ga qarshi o'ynarmikin. Gollar urish orqali, u biz uchun muhim futbolchiga aylanmoqda.
Feliksning jarohati? Vahima qilish uchun xech qanday hojat yo'q. Umid qilamanki xavf yo'q va u "Real"ga qarshi o'ynay oladi.
Madridliklarga qarshi o'yin har doimgidek qiyin bo'ladi. "Real" kuchli va yaxshi formada. Oldindan nimadir deyish qiyin. Bu o'yinda imkoniyatlar teng", - dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar