Xavi Levandovskining gol ura olmayotgani haqida: "Uning o'zining ham jaxli chiqyapti"
31 iyu 2022 18:30
Yangiliklar
Xavi Levandovskining gol ura olmayotgani haqida: "Uning o'zining ham jaxli chiqyapti"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi hujumchi Robert Levandovskining mavsumoldi yig'inlardagi o'yinlarda gol urmagani haqida.
"Levandovski mashg'ulotlarda ko'p gol uryapti. Futbol shunaqa - bugun to'p darvozaga kiradi, ertaga esa yo'q. U yangi jamoada o'ynamoqda. Barchasi yaxshi, uning o'zining ham biroz jaxli chiqyapti. Bunday holat Luis Suaresda ham, Ferran Torresda ham bo'lgandi.
Levandovski hali ko'p gol uradi. Gap uning gollarida ham emas. Matbuot uni bosib tashladi. Robert esa ishlashda davom etishi kerak. Bu shunchaki o'rtoqlik o'yinlari. Xavotir ham olmayapman", - dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar